11:48 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Dunyoda
Havola olish
20910

Xitoy AQShdan katta miqdorda mahsulot xarid qilish majburiyatini oldi - yangi savdo bitimining birinchi qismi oshikor qilindi.

TOSHKENT, 14 yanv – Sputnik. AQSH-Xitoy savdo bitimining birinchi qismi eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti South China Morning Post nashriga asosan.

Shartnomada Xitoy tomonidan AQSH sanoat mahsulotlarini 75 milliard dollarga, energiya  tashuvchilarni 50 milliard dollarga, 40 milliard dollarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olinishi va keyingi ikki yil ichida xizmatlarga yana 35-40 milliard sarf qilinishi kerakligi koʻzda tutilgan.

Avvalroq, tahlilchilar shartnoma uchta sohani qamrab olishini taxmin qilishgan edi.

Birinchi bosqichning imzolanishi shu hafta kutilmoqda. Buning uchun XXR Davlat kengashi Bosh vazirining oʻrinbosari Lyu Xe Vashingtonga tashrif buyurdi.

Avvalroq Donald Tramp, AQSH bitimning ikkinchi qismi boʻyicha zudlik bilan Xitoy bilan muzokaralarni boshlashini aytdi.

Asosiy mavzular