20:38 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Dunyoda
Havola olish
AQSH – Eron mojarosi (33)
24810

Eronda samolyot urib tushirilishi ishi boʻyicha bir necha kishi hibsga olindi. Eron harbiylari "Ukraina xalqaro avialiniyalari" yoʻlovchi samolyoti "inson xatosi" tufayli tasodifan urib tushirilganligini tan oldi.

TOSHKENT, 14 yanv – Sputnik. Eronda samolyot urib tushirilishi ishi boʻyicha bir necha kishi hibsga olindi, deb maʼlum qildi mamlakat sud hokimiyati vakili Gʻulomhusayn Emoili. RIA Novosti xabariga asosan. 

Sud vakili boshqa tavsilotlarini maʼlum qilmadi.

Kiyevga parvozni amalga oshirayotgan "Ukraina xalqaro avialiniyalari"ga qarashli Boeing-737-800 layneri chorshanba kuni tong sahar Tehron aeroportidan uchib chiqqach, tez orada halokatga uchragan. Bortdagi 176 yoʻlovchining barchasi halok boʻlgan: Eron, Ukraina, Kanada, Germaniya, Shvetsiya va Afgʻonistondan 167 yoʻlovchi va toʻqqiz ekipaj aʼzosi.

Shanba kuni Eron harbiylari "Ukraina xalqaro avialiniyalari" yoʻlovchi samolyoti "inson xatosi" tufayli tasodifan urib tushirilganligini maʼlum qildi. Boeing xatolik tufayli dushman samolyoti sifatida qabul qilingan, negaki, u muhim harbiy obʼyekt yaqinidan uchib oʻtayotan boʻlgan.

Ushbu hodisa Iroqdagi amerika bazalariga berilgan raketa zarbalariga AQShning ehtimoliy javobi bilan bogʻliq boʻlgan "kuchaytirilgan jangovar tayyorgarlik shart-sharoitlarda" yuz berganligini taʼkidlab oʻtilgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Tehrondan aybni toʻliq tan olishini, aybdorlar jazolanishi va kompensatsiya toʻlanishini kutishini aytdi.

Mavzu:
AQSH – Eron mojarosi (33)

Asosiy mavzular