20:37 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (41)
258 0 0

Advokat sud Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qamoqda saqlash muddatini 15 martga qadar uzaytirganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Sud Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qamoqda saqlash muddatini 15 martga qadar uzaytirdi. Bu haqda uning advokati Zamir Jooshev RIA Novostiga maʼlum qildi.

“Bugun majlisda ehtiyot chorasi ikki oyga, yaʼni 15 martga qadar uzaytirildi”, - deya maʼlum qilgan himoyachi.

Uning soʻzlariga koʻra, ishni koʻrib chiqish sudlanuvchilarning advokatlaridan birining betobligi bois boshqa kunga koʻchirilgan. Keyingi sud majlisi 16 yanvar kuni boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Atambayevga tegishli boʻlmagan mol-mulk xatlovdan chiqarilgani xabar qilingan edi.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (41)
Teglar:
sud, Qirgʻiziston, Atambayev

Asosiy mavzular