14:58 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
AQSH – Eron mojarosi (36)
427 0 0

Ukraina samolyoti urib tushirilishida faqat bir odamni ayblab boʻlmaydi - Eron prezidenti Hasan Ruhoniy.

TOSHKENT, 14 yanv – Sputnik. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Ukraina samolyoti urib tushirilishida faqat bir odamni ayblash mumkin emasligini aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.

"Havo mudofaasi bilan maʼlum bir tanish boʻlganim tufayli, bunda bir odamni ayblash mumkin emasligini aytaman. Nafaqat tugmani bosgan, balki boshqalar ham bor, men odamlarga bu masalani haqqoniy tushuntirishlarini istayman", - deda Eron prezidenti.

Uning taʼkidlashicha, hukumat kelgusida qaytarilmaslikni kafolashlash uchun aviahalokatning barcha tomonlarni tekshirish, aydorlarni jazolash uchun barcha saʼy-harakatlarini davom ettiradi.

Bundan avval Tehron sud organ vakili ushbu aviaholakat ishi boʻyicha bir necha kishi hibsga olingani haqida xabar berilgandi.

Eslatib oʻtamiz, Kiyevga parvozni amalga oshirayotgan "Ukraina xalqaro avialiniyalari"ga qarashli Boeing-737-800 layneri chorshanba kuni tong sahar Tehron aeroportidan uchib chiqqach, tez orada halokatga uchragan. Bortdagi 176 yoʻlovchining barchasi halok boʻlgan: Eron, Ukraina, Kanada, Germaniya, Shvetsiya va Afgʻonistondan 167 yoʻlovchi va toʻqqiz ekipaj aʼzosi.

Shanba kuni Eron harbiylari "Ukraina xalqaro avialiniyalari" yoʻlovchi samolyoti "inson xatosi" tufayli tasodifan urib tushirilganligini maʼlum qildi. Boeing xatolik tufayli dushman samolyoti sifatida qabul qilingan, negaki, u muhim harbiy obʼyekt yaqinidan uchib oʻtayotan boʻlgan.

Ushbu hodisa Iroqdagi amerika bazalariga berilgan raketa zarbalariga AQShning ehtimoliy javobi bilan bogʻliq boʻlgan "kuchaytirilgan jangovar tayyorgarlik shart-sharoitlarda" yuz berganligini taʼkidlab oʻtilgan.

Mavzu:
AQSH – Eron mojarosi (36)

Asosiy mavzular