10:44 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Dunyoda
Havola olish
41810

Tojikistonda yillik tonirovka uchun litsenziya yangi tariflar tasdiqlandi. Oʻtgan yili bu ruxsatnomaning narxi 380 dollar boʻlgan.

TOSHKENT, 14 yanv – Sputnik. Tojikistonda yillik tonirovka uchun litsenziya narxi 28 foizga koʻtarildi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Yangi tarifga koʻra, 2005 yildan soʻng ishlab chiqarilgan avtomobillar oylarini tonirovkasi uchun haydovchilar 500 dollar toʻlashi kerak. Oʻtgan yili bu ruxsatnomaning narxi 380 dollar boʻlgan.

2005 yilgacha ishlab chiqarilgan mashinalarning oynalarini 390 dollarga (2019 yilda 360 dollar boʻlgan) "qoraytirish" mumkin.

Tasdiqlangan tarif rejasiga koʻra, orqa oyna 40 dollar, eshik oynalari 216 dollarga "tonirovka" uchun ruxsatnoma olish mumkin.

Tojikistonga tonirovka qilingan avtomobilda kirgan haydovchilar 10 kun ichida Davlat avtomobil inspektsiyasidan litsenziya olishlari kerak. Aks holda, tonirovkani olib tashlashi yoki katta miqdordagi jarima toʻlashi kerak.

Bir necha yil avval Tojikiston hukumati avtomobillarni "tonirovka" qilish uchun pullik ruxsatnomalar berishni boshlagandi. Taʼkidlanishicha, litsenziyalarni sotishdan tushgan mablagʻ Rogʻun GESi qurilishiga yoʻnaltiriladi.

Asosiy mavzular