10:03 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Dunyoda
Havola olish
22801

Iroq AQShdan qoʻshinlarini olib chiqishni talab qilsa Vashington Kongres tomonidan maʼqullangan moliyaviy yordamni qisqartirishi mumkin - OAV.

TOSHKENT, 15 yanvar - Sputnik. Agar Iroq AQSH qoʻshinlarini mamlakatdan olib chiqishni qaror qilsa, AQSH harbiy yordamni qisqartiradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti WSJga asoslanib. 

Nashrning xabar berishicha, agar Bogʻdod harbiylarni chiqarib yuborsa, Donald Tramp maʼmuriyati Iroqqa harbiy yordamni 250 million dollarga qisqartirilishini tayyorlamoqda.

Taʼkidlanishicha, Kongress ushbu yordamni allaqachon maʼqullagan. Bundan tashqari, maʼmuriyat boshqa iqtisodiy va harbiy yordamni ham qisqartirish masalasini koʻrib chiqmoqda.

Lekin hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Bagʻdodda AQSH kuchlari tomonidan Eron generali Kassam Sulaymoniyning oʻldirilishi ortidan, Iroq parlamenti qonun kuchiga ega boʻlmagan va AQSH qoʻshinlarini olib chiqishni talab qiladigan rezolyutsiya qabul qildi. Keyinchalik, AQShning Iroqdagi qoʻshinlari qoʻmondoni tomonidan chiqishga tayyorgarlik haqida gapirilgan xat tarqatildi, ammo Pentagon bu xat faqat "xomaki" ekanligini aytdi. AQSH Mudofaa vaziri Mark Esperning aytishicha, amerikaliklarning Iroqni tark etish rejalari yoʻq.

Asosiy mavzular