10:33 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Dunyoda
Havola olish
57110

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Times of India nashriga bergan intervyusida nima sababdan Moskva dollarda hisob-kitob qilishdan voz kechishni koʻrib chiqayotganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik.  Moskva dollarda hisob-kitob qilishdan voz kechishni AQSH iqtisodiy siyosatining oldindan bashorat qilib boʻlmasligiga javob sifatida koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Times of India nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.

“AQSH maʼmuriyatining sanktsiyalarni kuchaytiruvchi moliyaviy vositalaridan tobora tajovuzkorona foydalanishi fonida Rossiya iqtisodiyotni bosqichma-bosqich dollarsizlashtirishni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, bizning asosiy sheriklarimiz bilan, shu jumladan, Hindiston bilan ikki tomonlama savdo va investitsiya aloqalarini rivojlantirishga qoʻyilgan cheklovlarning salbiy taʼsirini kamaytiradigan iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqmoqdamiz.”, - deya Lavrov soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

Lavrovning soʻzlariga koʻra, bunday ishlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biri bu milliy valyutalardagi hisob-kitoblarni kengaytirishdir. U oʻtgan yilning iyun va oktyabr oylarida Xitoy va Turkiya bilan hisob-kitoblar va toʻlovlar boʻyicha tegishli hukumatlararo bitimlar tuzilganini va BRIKS doirasida esa markaziy banklar tomonidan tegishli vakillik hisobvaraqlarini ochish toʻgʻrisida kelishuvlarga erishilganini eslatdi.

Lavrov Moskva va Dehli sarmoyalarni oʻzaro himoya qilish boʻyicha yangi hukumatlararo bitimni tayyorlash boʻyicha ishlarni davom ettirayotganini qoʻshimcha qildi.

Rossiya TIV bugun, 15 yanvar kuni Nyu-Dehliga tashrif buyuradi va hindinstonlik hamkasbi Subrahmanyam Jaishankar bilan muzokaralar oʻtkazadi.

Mavzu boʻyicha

Frantsiyada Rossiyaning dollardan voz kechishdagi muvaffaqiyati qayd etildi
Rossiya hukumati dollardan voz kechish rejasini tayyorlamoqda - OAV
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlariga dollardan voz kechish tavsiya etildi
Putin Rossiya nega dollardan voz kechishi kerakligini tushuntirdi

Asosiy mavzular