10:11 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Dunyoda
Havola olish
1572 0 0

Avvalroq Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Aziz Batukayev jinoyat ishi majlisida ishtirok etishdan bosh tortgan edi. Shuningdek, majlis zalidan bir necha marta turib ketib qolgan edi.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qonundagi oʻgʻri Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi yuzasidan sud jarayonining oxiriga qadar sud majlisidan chiqarib yuborildi. Bu haqda uning advokati Zamir Jooshev maʼlum qildi.

Sudya Atambayev majlisda ishtirok etishdan bosh tortgani hamda majlis zalidan bir necha marta turib ketib qolgani sabab uni chaqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Sayyor sud 14 yanvar kuni boʻlib oʻtgan.

“Almazbek Sharshenovich qatnashmadi, chunki u oldingi safar zalni tark etganida sud majlis tartibini buzganligi uchun uni chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Demakki, batamom chiqarib yubordi, yaʼni majlislar uning ishtirokisiz oʻtadi”, - deya advokat soʻzlaridan keltiradi Sputnik Qirgʻiziston.

Birinchi may tuman sudi matbuot xizmati ushbu xabarni tasdiqlagan, biroq sudya uni hukmni oʻqib eshittirishga hamda taraflarning iltimosnomasiga binoan chaqirishi mumkinligini taʼkidlashdi.

Batukayev ishi

Aziz Batukayev 2006 yilning avgust oyida Alamudin tuman sudi hukmi bilan 16 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, uning  molu mulki musodara qilingan. Batukayev 2006 yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirganlikda va hujum paytida Qirgʻiziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimini oʻldirishda ayblangan. Aziz Batukayev 2013 yil 9 aprelda “ogʻir kasallik” tufayli shartli ravishda ozod qilingan. U bundan foydalanib, Qirgʻiziston hududini tark etgan.

Qirgʻiziston IIV maʼlumotiga koʻra, Batukayev hozirda Chechenistonda noqonuniy qurol saqlagani uchun jazo muddatini oʻtamoqda.

“Jinoiy avtoritet”ga nisbatan jinoiy ishni qayta qoʻzgʻatilganini 17 aprel kuni Qirgʻiziston bosh prokurori Otkurbek Jamshitov maʼlum qildi.

Asosiy mavzular