Avstraliyadagi yong‘inlar o‘zga sayyoraliklarning e’tiborini tortdi – ufolog

© REUTERS / Maxar Technologies, 2020 Sputnikovoe izobrajenie pojarov v Avstralii
Sputnikovoe izobrajenie pojarov v Avstralii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tayvanlik ufolog Skott Uoring Avstraliyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Pert shahrida tasvirga olgan videoni o‘z saytiga joylashtirdi.

Tayvanlik ufolog Skott Uoring o‘zining veb-saytida Avstraliyaning janubi-g‘arbiy qismida (Hind okeanining janubi-g‘arbiy qismi) joylashgan Pert shahrida tasvirga olgan videoni joylashtirdi.

Videoda osmonda uchar obyekt aks etgan. Ufolog fikriga ko‘ra, bu obyekt dunyo bo‘ylab, xususan Nebraska va Koloradoda kuzatilgan uchuvchisiz chiroqlarga o‘xshaydi.

Uoring so‘zlariga qaraganda, turli davlatlar (shu jumladan AQSh) rasmiylarining “bu obyektlar – dron ekanligini” tushuntirishi hech kimni ajablantirmaydi. Ufolog aytishicha, shu tarzda ular noma’lum uchar jismlar haqida haqiqatni yashirmoqda.

Olimning fikriga ko‘ra, o‘zga sayyoraliklarni  Avstraliyada avj olagan yong‘inlarni jalb qilishi mumkinligiga shubha yo‘q.

Uning taxminlariga ko‘ra, o‘zga sayyoraliklar bu joyda nimalar sodir bo‘layotgani, odamlarning reaksiyasi va hayvonlarni qutqarishga urinishlarini kuzatmoqdalar.

Yangiliklar lentasi
0