Livandagi Rossiya elchixonasi atrofida vaziyat notinch

© AP Photo / Hussein MallaZaderjanie uchastnikov aksii protesta v Beyrute
Zaderjanie uchastnikov aksii protesta v Beyrute - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Livandagi Rossiya elchixonasi joylashgan ko‘chada ommaviy tartibsizliklar va namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda - OAV.

TOShKENT, 16 yanv - Sputnik. Rossiyaning Livan poytaxti Bayrutdagi elchixonasi yaqinidagi Kornish-al-Mazraa ko‘chasidagi vaziyat politsiya va namoyishchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlardan keyin keskinligicha qolmoqda, deya xabar beradi RIA Novosti muxbiri.

Namoyishchilar oldinroq Seshanba kuni hibsga olingan shz safdoshlari joylashgan politsiya idorasi yaqinida va Bayrutdagi Rossiya elchixonasi ro‘parasida piket uyushtirishdi. Ular o‘z sheriklarining ozod qilinishini talab qilmoqda. Jandarmlar namoyishchilarni politsiya bo‘linmasi binosidan chetlatib yubordilar, ammo namoyishchilar tartibsizliklar joyiga to‘planishda davom etdilar.

Avvalroq politsiyachilar Sakanet Xelu ma’muriyatida namoyishchilar yarim soat davomida jandarmlarni qo‘zg‘atib, toshbo‘ron qilgandan keyin, namoyishchilarni tarqatish uchun kuch ishlatgan,.

Politsiya hibsga olingan 59 kishidan o‘ntasini qo‘yib yuborgan, bundan tashqari Kornish-al-Mazraadagi to‘qnashuvlar paytida boshqa namoyishchilar ham hibsga olingan.

Voqea joyiga armiya bo‘linmalari va tez yordam mashinalari jalb qilingan. Namoyishchilar o‘z chiqishlarini "tinch namoyish", deb e’lon qilishiga qaramay, jandarmlar namoyishchilar guruhlarini ta’qib qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0