Qodirovning matbuot kotibi Checheniston rahbari davolanayotganini ma’lum qildi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyRamzan Kadirov
Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Ramzan Qodirov “vaqtincha ishga layoqatsizligi” davrida bosh vazir Muslim Xuchiyevni respublika rahbari vazifasini bajaruvchi sifatida tayinlash to‘g‘risidagi farmoyishga imzo chekkan edi.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov davolanmoqda. Bu haqda uning matbuot kotibi Alvi Karimov RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.

Avvalroq Checheniston rahbari va hukumatining saytida Ramzan Qodirovning “vaqtincha ishga layoqatsizligi” davrida bosh vazir Muslim Xuchiyevni  respublika rahbari vazifasini bajaruvchi sifatida tayinlanishi to‘g‘risidagi farmoyishi joylashtirilgan edi.

Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligini vaqtincha to‘xtatdi

“Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov tibbiy muolajalarni talab qiladigan davolanish kursini olmoqda”, - deya tushuntirgan Karimov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Checheniston respublikasi Konstitutsiyasida vaqtincha ishga layoqatsizlik yoki ta’til paytida rahbar vazifasi hukumat raisiga yuklatilishi ko‘zda tutilgan”.

"Bu odatiy amaliyot ... va u barcha subyektlarda qo‘llaniladi", dedi Karimov. U avval ham Qodirovning ta’tillari paytida vakolatlar bir necha bor Muslim Xuchiyev va undan oldin ishlaganga berilganini eslatib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0