Mixail Mishustin Rossiya bosh vaziri lavozimiga tasdiqlandi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishKandidat na post premyer-ministra RF Mixail Mishustin
Kandidat na post premyer-ministra RF Mixail Mishustin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mixail Mishustin Rossiyaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi. Davlat Dumasining aksariyat deputatlari uni qo‘llab-quvvatlashdi.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi Mixail Mishustin nomzodini bosh vazir lavozimiga tasdiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Hozirgina yakunlangan ochiq ovoz berish jarayonida Mixail Mishustin nomzodini 383 nafar deputat qo‘llab quvvatladi, 41 nafar deputat ovoz berishmadi, hech kim qarshi ovoz bermadi, - deyilgan xabarda.

O‘zining javob so‘zida Mishustin deputatlarga uni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

Duma deputatlari oldida so‘zga chiqqan Mishustin, o‘z boshqaruv davrida quyidagilarni bajarishga va’da berdi:

  • Hukumatga ishga olingan har bir amaldor milliy rivojlanish maqsadlariga erishish uchun shaxsan javobgar bo‘lishini;
  • Ijtimoiy tenglik va bolalar parvarishi va hayot darajasini oshirishni; 
  • Prezidentning may oyida e’lon qilingan farmonlarining bajarilishi;
  • Mudofaa sanoatini sog‘lomlashtirishni;
  • Milliy loyihalarni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratishni;
  • Manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatishni; 
  • Biznes oldida Hukumatga ishonchni tiklashni;
  • Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni;
  • Aholi olgan kreditlardan bekorga voz kechmaslikni;

Eslatib o‘tamiz, Mixail Mishustin nomzxodini bosh vazirlikka 15-yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklif qilgan edi.

Mixail Mishustinning batafsil tarjimai holi bilan quyida tanishishingiz mumkin. 

 

Yangiliklar lentasi
0