AQSh Eron zarbasidan 11 askari yaralanganini tasdiqladi

Obuna bo‘lish
Eron general Qassam Sulaymoniyning o‘ldirilishiga javoban AQSh harbiy bazalariga 15ga yaqin raketa zarbasi bergan edi.

TOShKENT, 17-yanvar - SPUTNIK. AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) amerikalik 11 harbiy Iroqdagi bazalariga berilgan zarba natijasida jabrlanganini tasdiqladi.

AQShdagi harbiy manbalarga asoslanib, Defence One nashri ilgari 8-yanvar kuni otishma paytida AQShning11 askarining yaralanganini, ular miya chayqalishida gumon qilinganligini yozgan. Ta’kidlanishicha, harbiylar chayqalishni davolash va keyingi tekshiruv uchun Kuvayt va Germaniyaning Landshtule kasalxonalariga evakuatsiya qilingan.

"Ushbu qo‘shinlar xizmatga yaroqli deb topilganda Iroqqa qaytishi kutilmoqda", dedi RIA Novosti agentligiga CENTCOM vakili kapitan Bill Erban.

Eron Bag‘dodda general Qassam Sulaymoniyning uldirilishiga javoban 8-yanvar kuni AQSh bazalariga 15ga yaqin raketa bilan zarba bergan edi. 

Prezident Donald Tramp va Pentagon tomonidan aytilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh qo‘shinlari orasida qurbonlar bo‘lmagan.

Yangiliklar lentasi
0