00:08 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Dunyoda
Havola olish
79910

Rossiya prezidenti soʻzlariga koʻra, Moskva va Anqara xalqaro siyosatning koʻplab asosiy yoʻnalishlari, ayniqsa mintaqa boʻyicha samarali ish olib bormoqda.

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Liviyadagi mojaro taraflari Rossiya va Turkiyaning chaqiriqlariga quloq solgani va keng koʻlamli harbiy harakatlarni toʻxtatganini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Uning soʻzlariga koʻra, Moskva va Anqara xalqaro siyosatning koʻplab asosiy yoʻnalishlari, ayniqsa mintaqa boʻyicha samarali ish olib bormoqda. Xususan, Siridagi vaziyatni tartibga solish, Eron yadroviy loyihasi va Liviya mojarosi borasida.

“Ayrim voqealar hozirgacha boʻlib turganiga qaramasdan, har holda ikki tomon bizning chaqiriqlarimizga quloq soldi”, - dedi Putin Turkiya prezidenti Tayyib Erdogʻan bilan uchrashuv chogʻida.

Uning soʻzlariga koʻra, erishilgan natija Berlinda Liviya boʻyicha konferentsiya uchun zamin hozirlagan. Putin Moskva Germaniya kantsleri Angela Merkelning tashabbusini qoʻllab-quvvatlashini qoʻshimcha qilgan, chunki Liviyadagi mojaro barchani xavotirga solmoqda.

Bugun, 19 yanvar kuni Berlinda Liviyadagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha xalqaro anjuman boʻlib oʻtmoqda.

Asosiy mavzular