Berlinda Liviya bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPoyezdka prezidenta RF V. Putina v Berlin dlya uchastiya v Mejdunarodnoy konferensii po Livii
Poyezdka prezidenta RF V. Putina v Berlin dlya uchastiya v Mejdunarodnoy konferensii po Livii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya, Germaniya, Fransiya, AQSh va Turkiya deyarli besh soat davomida Liviyada tinchlik o‘rnatishni muhokama qilishdi. 

TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. Berlinda Liviyada nizolarni barqarorlashtirishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Muzokaralar taxminan besh soat davom etdi. Ularda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, AQSh, Turkiya, Misr, Yevropa Ittifoqi, BMT va boshqa davlatlar vakillari ham taklif etilgan.

Yakuniy matbuot anjumanida nemis siyosatchisi jurnalistlar oldida chiqish  qildi. Uning ta’kidlashicha, konferensiya BMTning Liviyada barqarorlashtirishga qaratilgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlashda katta rol o‘ynadi.

"Biz bu yerda, Berlinda juda qizg‘in maslahatlashuvlar o‘tkazdik. Liviyadagi siyosiy jarayonga o‘z hissamizni qo‘shishga, mamlakatga va Liviya xalqiga tinchlik o‘rnatishga yangi turtki berishga muvaffaq bo‘ldik. Ishonamanki, Berlindagi konferensiya BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlangan tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatladi." - dedi Merkel.

Bundan tashqari, konferensiya ishtirokchilari Liviyada keng qamrovli tartibga solish rejasini taqdim etishga kelishib olishdi, deya ta’kidladi Germaniya kansleri.

"Biz keng qamrovli kelishuv rejasi tuzilishiga kelishdik", dedi u matbuot anjumanida.

Germaniya kansleri, shuningdek, Liviya bo‘yicha konferensiya davomida kelishilgan hujjat BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan tasdiqlanishini va ushbu mamlakatdagi siyosiy barqarorlashtirishning bir qismi bo‘lishini ma’lum qildi.

"Bugun biz qabul qilgan hujjatlar BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak", dedi siyosatchi.

Konferensiyada Rossiya, AQSh, Turkiya, Misr, Yevropa Ittifoqi, BMT vakillari, PNS rahbari Fayyoz Sarraj va Liviya milliy armiyasining rahbari Xalifa Xaftar ishtirok etdi.

Berlin konferensiyasi Rossiya Federatsiyasi va Turkiya vakillari ishtirokida Moskvadagi Liviya bo‘yicha muzokaralardan so‘ng bo‘lib o‘tdi. Liviyaning xabardor manbasi LNA rahbari Xaftar Tripoli Sarraj hukumati bilan sulh bitimini imzolamasdan Moskvani tark etganini habar bergan edi. PNS tashqi ishlar vaziri Muhammad at-Taher Siyalaning RIA Novosti agentligiga aytishicha, PNS delegatsiyasi bitimni imzolagan va keyin Istanbulga yo‘l olgan.

Sputnik avvalroq Putin Jonson va Yevrokomissiya raisi bilan uchrashgani haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0