Yana bir mamlakatda Xitoydagi xavfli virusdan kasallanish holati aniqlandi

CC0 / pixabay / Provedenie issledovaniya v laboratorii
Provedenie issledovaniya v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyning o‘zida yangi turdagi koronavirusdan uchinchi kishi vafot etdi. Kasallikni yuqtirganlarning umumiy soni 198 nafarga yetdi.

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Janubiy Koreya kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan pnevmoniya bilan kasallanishning birinchi holatini qayd etdi. Bu haqda Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari tashkiloti ma’lumotlariga asoslangan holda RIA Novosti xabar qildi.

Otrabotka deystviy na sluchay postupleniya infitsirovannix bolnix - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy xavfli virusi Yaponiyada ham paydo bo‘ldi

Qayd etilishicha, Janubiy Koreyada birinchi kasallikka chalingani tasdiqlangan kishi xitoylik ayol bo‘lgan. U 19-yanvar kuni Uxandan Inchxon aeroportiga uchib kelgan. Karantin tekshiruvidan o‘tkazilganda ayol yuqori haroratdan aziyat chekishi aniqlangan. Hozirda u karantinda va davolanmoqda.

Xitoyning o‘zida yangi turdagi koronavirusdan uchinchi kishi vafot etdi. Kasallikni yuqtirganlarning umumiy soni 198 nafarga yetdi. Yaponiyada Xitoyning noma’lum virusi bilan yuqtirilishning birinchi holati tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston SSV Xitoydagi noma’lum virus sabab qat’iy choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilgan edi. Mamlakatda aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, kasallikning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0