07:04 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
725 0 0

Yangi strategik dronlar NATOga Rossiya va Xitoyda mavjud boʻlmagan imkoniyatlarni berishi mumkin dedi NATO yetakchisi Stoltenberg.

TOSHKENT, 21 yanv - Sputnik. NATOning Global Hawk yangi strategik dronlari Rossiya hududida nimalar boʻlayotganini kuzatishi mumkin, deb yozadi Norvegiyaning Verdens Gang nashri, RIA Novosti xabariga asosan.

"Ular NATO hududi orqali uchishadi, ammo qoʻshni mamlakat chegaralarining ichkarisida nima sodir boʻlganligini koʻrib turishlari mumkin", dedi Ittifoq Bosh kotibi Yens Stoltenberg nashrga bergan intervyusida.

Gazetaga koʻra, Amerikaning Global Hawk uchuvchisiz apparatining yangi versiyasi boʻlgan dronlar yoqilgʻi quyishsiz 30 soat davomida havoda qolishlari mumkin. Ularning datchiklari va radarlari 18 kilometr balandlikda 200 kilometr radiusda sodir boʻlayotgan barcha narsalarni yozib olishlari mumkin.

Stoltenberg soʻzlariga koʻra, ushbu uchuvchisiz apparatlar, NATOga Rossiya va Xitoy ega boʻlmagan noyob ustunlik beradi.

Hozirda ikkita dron Italiyaning Sitsiliya orolida sinovdan oʻtkazilmoqda va yil davomida yana uchta apparat Italiyaga keltiriladi. Hammasi boʻlib, NATO oʻnta Global Hawk ni sotib oldi.

Chet el uchuvchi apparatlari Rossiya chegaralari yaqinida muntazam ravishda razvedka ishlarini olib bormoqda. Ular koʻpincha Qrim va Krasnodar oʻlkalarida, Boltiq dengizi ustida va Suriyadagi Rossiya bazalari yaqinida uchraydi.

Mudofaa vazirligi koʻp marotaba AQSH qumondonligini bunday razvedka operatsiyalarini toʻxtatishga chaqirgan, ammo Pentagon buni rad qilmoqda.

Asosiy mavzular