05:56 08 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
837 0 0

Eronlik deputat Ahmad Hamza AQSH prezidenti Donald Tramp boshi uchun uch million dollar naqd toʻlashni taklif qildi.

TOSHKENT, 21 yanv - Sputnik. Eronlik deputat Ahmad Hamza AQSH prezidenti Donald Tramp boshi uchun uch million dollar toʻlashni taklif qildi. Bu haqda ISNA xabar qilmoqda.

“Kirmon viloyati aholisi nomidan Trampni oʻldirib, uning boshini bizga olib keladigan kishiga uch million dollar naqd pul toʻlaymiz”, -  dedi u parlamentda soʻzlagan nutqida.

Kirmon viloyati - amerikaliklar tomonidan oʻldirilgan Eron generali Qosim Sulaymoniyning tugʻilgan joyi.

Soʻnggi haftalarda Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashdi. Vashington Tehronni ayblagan Iroqdagi AQSH elchixonasi oldida boʻlib oʻtgan norozilik namoyishidan soʻng, AQSH harbiylari Sulaymoniyni Iroqda boʻlgan paytida oʻldirgan.

Eron Iroqdagi Amerika bazalariga hujumlar bilan javob berdi, zarbalarda hech kim jabrlanmadi. Ammo keyinchalik Eron harbiylari tasodifan Tehrondan Kiyevga uchib ketayotgan “Ukraina xalqaro havo yoʻllari” samolyotini urib tushirdi. Samolyot bortidagi barcha 176 kishi halok boʻldi.

Harbiylarning soʻzlariga koʻra, samolyot Eron harbiy obʼyekti yaqinida uchib ketayotgan boʻlgan va “dushman nishoni”, xususan, qanotli raketasi sifatida qabul qilingan. Shu bilan birga, Eron AQSH tomonidan hujumlarni kutayotgan boʻlganlarini, shu sababli mamlakatning havo mudofaasi tizimlari toʻliq shay holatida boʻlganini taʼkidladi.

Asosiy mavzular