Siyetl markazidagi otishmada bir kishi qurbon bo‘ldi

© FotoliaSotrudnik amerikanskoy politsii
Sotrudnik amerikanskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sietl markazida sodir bo‘lgan otishmada 1 kishi qurbon bo‘lgan va 5 kishi jarohat olgan. Jinoyatchi qochib ketishga ulgurgan.

TOShKENT, 23 yanv - Sputnik. AQShning Vashington shtati Siyetl shahri markazida otishma sodir bo‘ldi. Unda 1 kishi qurbon bo‘lgan va bir necha kishi yaralangan. 

"Otishmada 5 kishi jarohatlangan bir kishi qurbon bo‘lgan. Gumonlanuvchi qochib ketdi, politsiya uni izlamoqda. Ofitserlar va shifokorlar yaradorlarga yordam berishmoqda", - deya rasmiy tvitterida xabar berilmoqda.

Hodisa chorshanba kuni kechqurun Payk-Pleys bozori, Uchinchi avenyu va Payn-strit ko‘chasi yaqinida yuz berdi. U yerda Amazon korporatsiyasining yangi bosh ofisi va dunyodagi birinchi Starbaks joylashgan. Piyodalar oqimi katta bo‘lgan bu joy sayyohlar orasida juda mashhur.

NBCtomonidan taqdim etilgan shoshilinch xizmatlar ma’lumotiga ko‘ra, 55 yoshli ayol o‘ta og‘ir ahvolda, to‘qqiz yoshli bola og‘ir ahvolda. 21, 34 va 35 yoshdagi yana uchta erkakning ahvoli barqaror. Ularning barchasi shifoxonalarga etkazilgan.

Hodisa vaqtida guvohlar o‘nga yaqin o‘q ovozini eshitdilar.

Politsiya voqea joyini o‘rab olgan, tergov davom etmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak kishi otishmani uyushtirgan, u yolg‘iz bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0