Yevropaga tajovuz: nima uchun AQSh butun armiyani qit’aga ko‘chirmoqda

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishV Polshe razmeshen batalon NATO
V Polshe razmeshen batalon NATO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyani ushlab turish, terrorizmga qarshi kurash, Xitoyning tahdidlariga javob topish - bu hafta NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg amerikaliklar nega Yevropada harbiy kuchlarini kuchaytirayotganliklarini tushuntirdi.

Andrey Kos. Rossiyani ushlab turish, terrorizmga qarshi kurash, Xitoyning tahdidlariga javob topish - bu hafta NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg amerikaliklar nega Yevropada harbiy kuchlarini kuchaytirayotganliklarini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida Sovuq Urush tugaganidan keyin AQSh harbiylari har qachongidan ham ko‘proq. Ularning soni o‘sishda davom etadi: bir necha hafta ichida 25-yil ichida eng katta "Defender-2020" mashqlari boshlanadi va yana 20 ming askar va zobit okean ortidan yetib keladi. Ushbu manevrlar haqida ma’lumotlar RIA Novosti materialida.

Global Hawk - Sputnik O‘zbekiston
Harbiy ekspert NATO yangi dronining imkoniyatlarini shubha ostiga oldi

Qirq ming kaska

Mart oyida bo‘lib o‘tadigan "Defender-2020" mashqlari uchun logistika markazi Germaniya bo‘ladi. Yanvar oyi oxirida bu yerga, shuningdek Belgiya, Fransiya va Niderlandiga minglab Amerika harbiylari keladi. Mashg‘ulotlar NATOning 18 mamlakati ishtirokida o‘nta davlat hududida bo‘lib o‘tadi. Hammasi bo‘lib Qo‘shma Shtatlar mashqlar uchun 37 ming askar va zobit ajratadi, qo‘shinlarning umumiy soni esa 40 mingdan oshadi.

Alyansda 1969-yildan 1993-yilgacha Yevropada har yili o‘tkaziladigan REFORGER mashqlarini jonlantirish haqida gapirilmoqda. Ularning asosiy maqsadi NATOning Varshava bloki bilan urush vujudga kelishi xolatida G‘arbiy Germaniyada kuchlarni tezkor joylashtirish qobiliyatini tasdiqlash edi. REFORGER da amerikalik harbiylarni qayta-qayta okean ortidan tezkor ravishda ko‘chirish amaliyotlari ishlab chiqilgan. Germaniyada utkazilgan REFORGER-88 mashqlari eng katta va eng ko‘lamli bo‘lib unda 125000 kishilik armiya guruhi joylashtirilgan.

Tank T-54 pravitelstvennix sil Livii okolo goroda Sirta - Sputnik O‘zbekiston
Liviya davlatchiligini NATO yo‘q qildi - Lavrov

"Bu mashqlar qaysidir ma’noda REFORGERdan ko‘ra murakkabroq bo‘ladi", dedi AQSh armiyasining Yevropadagi qo‘mondoni general-leytenant Kris Kavoli. "Sovuq urush davrida qo‘shinlar aniq dushmanga qarshi himoya qilish uchun aniq hududga jo‘natilgan. Biz urush qachon boshlanishini bilmas edik. Bu safar biz ko‘plab mamlakatlarda joylashtirilishi kerak bo‘lgan ulkan kuchlarni qit’aga o‘tkazmoqdamiz. Biz kimga qarshi turishimiz kerak va kimga qarshi himoya qilishimiz kerakligini bilmaymiz." Kavoli hiyla qildi.

"Defender-2020"-ning Rossiyaga qarshi yo‘naltirilgani aniq. Amerika qo‘shinlarining asosiy qismi Boltiqbo‘yi va Polshada - bizning chegaramiz yaqinida joylashadi. Mashqlarning redasiga ko‘ra, ma’lum bir "tajovuzkor mamlakat"ning plasdarmini bosib olib ekspeditsiya qo‘shinlarning asosiy kuchlari yaqinlashguniga qadar ushlab turish kerak.

G‘arbda "Rossiya harbiy tahdidi" haqidagi dahshatli voqealar hanuzgacha ishlatilmoqda. "Biz G‘arb ommaviy axborot vositalarining bir qator nashrlariga e’tibor qaratdik. Ularning mualliflari tomoshabinlarga NATOga a’zo davlatlar uchun" jiddiy "qo‘rquvni keltirib chiqaradigan, go‘yo Rossiyaning Kaliningradidan kelib chiqayotgan yuqori texnologik qurollarga to‘la" taxdidni singdirib borishmoqda, deb xabar berdi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi o‘tgan yil dekabrida. - G‘arb matbuoti o‘zlariga hos tarzda jamiyatda "rus tajovuzkori" imidjini uyg‘otishga harakat qilmoqdalar. Bir qator nashrlarda AQShning Yevropadagi Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni general Jeff Xerriganning "Rossiya Boltiqbo‘yi davlatlariga bostirib kirgan taqdirda" Kaliningrad viloyatining ko‘p qavatli havo mudofaasini buzib o‘tish to‘g‘risida Pentagonning rejasi haqida aytgan gaplariga ishora qilinmoqda. Shu o‘rinda, eksklav hududida harbiy imkoniyatlarning yaxshilanishi faqat kuchlar muvozanatini saqlash bilan bog‘liq. "

Strategik anklav

O‘tgan yili NATOning razvedka samolyotlari Kaliningrad viloyati bo‘ylab 800-martadan ko‘proq parvoz qilgan. Pentagon strateglari ushbu mintaqani "kirish va manevrni cheklash va taqiqlash" (A2AD) zonasi deb bilishadi. G‘arbiy harbiy ekspertlarning fikriga ko‘ra, S-400 raketa tizimlari va “Bastion” kemaga qarshi qirg‘oq tizimlari bilan birgalikda joylashtirilgan “Isakander” operatsion-taktik komplekslari anklavni har qanday hujumdan ishonchli himoya qiladi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, agar voqealar eng salbiy ssenariy bo‘yicha rivojlana boshlasa va NATO butun kuchi bilan Kaliningradga tashlansa, ertami-kechmi shahar qulashi mumkin. Albatta, agar Rossiya taktik yadro qurolidan foydalanmasa yoki zaxiralarni oldin surmasa. Ammo har qanday holatda ham, tajovuzkorlar nomaqbul yo‘qotishlarga duch kelishadi.

Raketniy kompleks Iskander-M - Sputnik O‘zbekiston
NATO yangi raketali "Iskander-M" tizimi joylashtirilishiga javob bermoqchi

Buni Rossiya Mudofaa vazirligining so‘nggi yangiliklari tasdiqlaydi. Idoraning  22-yanvar kungi xabariga ko‘ra, Buratiyada joylashgan raketa birikmasining harbiy xizmatchilari shartli hududga maxsus o‘q-dorilar yetkazib berilishini mashq qilishdi. Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi - "Iskandar-M" komplekslarining transport-yuklash mashinalari ekipajlari bilan transport bo‘linmalarining kelishilgan harakatlarini ishlab chiqish.

Strategiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi blogi mutaxassislarining fikriga ko‘ra, Mudofaa vazirligining ushbu xabari OTRK Iskander-M-da yadroviy jangovar qismi mavjudligini birinchi rasmiy tasdig‘i sifatida qabul qilinishi mumkin. Bunday komplekslarning Kaliningrad viloyatiga joylashtirilishi butun mamlakatning mudofaa qobiliyati uchun mintaqada strategik ahamiyatga ega. Buni G‘arbda tushunishadi.

"NATO mamlakatlari doimiy ravishda bizning chegaralarimiz yaqinida harbiy kuchlarini oshirmoqdalar va kuchlarni sharqiy qanotda samaradorligini oshirishga harakat qilmoqdalar", - dedi yaqinda Rossiya TIV. AQSh / NATO raketalarga qarshi mudofaa tizimining Yevropa segmentini rivojlantirishni davom etmoqda."

Tashqi ishlar vazirligi Moskva Rossiya chegaralari yaqinida NATOning harbiy infratuzilmasi, xususan, havo mudofaa raketalari va o‘rta masofaga mo‘ljallangan qanotli raketalarini ishga tushirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan Amerika Aegis Ashore tizimlarining o‘rnatilishi bilan bog‘liq xavotirlarini bir necha bor bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0