20:45 28 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
157510

“Rossiya segodnya” XAA va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan Polsha hukumatiga qaratilgan #VamNeStыdno (Uyat emasmi) aktsiyasini boshlashni taklif qildi.

TOSHKENT, 26 yanv – Sputnik. “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan polshalik siyosatchilarga Polshani ozod qilishdagi Qizil armiyaning roli haqida eslatuvchi #VamNeStыdno (Uyat emasmi) aktsiyasini boshlashni taklif qildi.

Jurnalist NTV telekanalining “Svoya pravda” koʻrsatuvida ushbu gʻoyani oʻrtaga tashladi.

Simonyan Rossiya Mudofaa vazirligining Ikkinchi jahon urushi haqidagi oshkor qilgan hujjatlardagi maʼlumotlarni “ota-bobolarning xotirasini kamsitishga imkon berayotgan yomon odamlarga” yetkazish zarurligini taʼkidladi

“Birgina Polshani ozod qilish uchun butun Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan amerikaliklarga qaraganda koʻproq odamlarimiz halok boʻlgan. Bu tibbiyot fakti. Shuning uchun men bu ota-bobolarimizning xotirasini kamsitishga, ularning buyuk jon berishini toptashga, ularning buyuk fidoyiliklarini oyoqosti qilishga, ularni qabrlarida tinch qoʻymaslikka imkon berayotgan razillarga, yomon odamlarga – men odamlardan ularning ijtimoiy tarmoqlariga xabar yoʻllashlarini taklif qilaman va soʻrayman: salom, taqsir, mening bobom Varshava yaqinida sizni, ota-bobongizni ozod qila turib halok boʻldi. #VamNeStыdno (Uyat emasmi) xeshtegi bilan”, - dedi RT telekanali bosh muharriri.

U  Polsha prezidenti Andjey Duda, bosh vazir Mateush Moravetskiy va TIV rahbari oʻrinbosari Pavel Yablonskiyning ijtimoiy tarmoqlariga Polsha va Osventsimni ozod qilgan kishilar tarixini #VamNeStыdno xeshtegi bilan yoʻllashni taklif qildi.

2020 yil boshida Polsha hukumati Varshavaning german fashistidan ozod qilinishining 75 yilligini nishonlashdan bosh tortdi.

Zaxarova Polshaning Ikkinchi jahon urushi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Rossiya ilgari bir necha marta Gʻarbning Ikkinchi jahon urushi va uning natijalarini qayta yozishga urinishlari haqida maʼlum qildi. Rossiya prezidenti Federal kengashga murojaatnoma yoʻllayotib, Rossiya Ulugʻ Vatan urushi haqidagi haqiqatni saqlashga va uning tarixini soxtalashtirishga urinishlarga qarshi kurashishi lozimligini maʼlum qilgan edi.

Asosiy mavzular