10:18 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Dunyoda
Havola olish
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (119)
95810

Taʼkidlanishicha, yovvoyi hayvonlar koʻpaytiriladigan barcha joylarni ajratishni talab qilingan. Yovvoyi hayvonlarni olib chiqishga, tashishga va sotishga qatʼiy taqiq qoʻyilgan.

TOSHKENT, 26 yanv – Sputnik. Xitoy yangi turdagi koronavirusning avj olishi sabab mamlakatda yovvoyi hayvonlar savdosini taqiqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, yovvoyi hayvonlar koʻpaytiriladigan barcha joylarni ajratishni talab qilingan. Yovvoyi hayvonlarni olib chiqishga, tashishga va sotishga qatʼiy taqiq qoʻyilgan.

Qishloq bozorlarida, umumiy ovqatlanish muassasalarida va elektron tijorat platformalarida yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilishning barcha turdagi shakllariga qatʼiy taqiq joriy etilgan.

Xitoy hukumati isteʼmolchilarni yovvoyi hayvonlarning goʻshtini isteʼmol qilish sogʻliqqa tahdid solayotganini anglashlari lozimligi haqida ogohlantirgan va sogʻlom ovqatlanishni tavsiya qilgan.

“Jenmin jibao” gazetasi xitoylik olimlar yangi turdagi koronavirus 90 foizga Chjetszyan provintsiyasidagi Chjoushan shahridagi yashovchi koʻrshapalaklar organizmidagi koronavirusga oʻxshashligini aniqlashganini xabar qilgan edi.

Soʻnggi rasmiy maʼlumotlarga koʻra, faqat Xitoyning oʻzida 1975 nafar kasallanganlar haqida maʼlum, ulardan 56 nafari vafot etgan.

Mavzu:
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (119)

Asosiy mavzular