11:15 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
182410

Ispaniyalik parhezshunos-shifokor Yelena de la Fuente Idalgo erta qarishni oldini olish yuzasidan oʻz tavsiyalarini berdi.

TOSHKENT, 28 yanv – Sputnik. Ispaniyalik parhezshunos-shifokor Yelena de la Fuente Idalgo erta qarishni oldini olish yuzasidan oʻz tavsiyalarini berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

"Qarishga qarshi choralar haqida gapirilganda, biz odatda jismoniy mashqlar zarurligiga eʼtibor qaratamiz, ammo eng asosiysi - sogʻlom ovqatlanish bilan birgalikda toʻgʻri parhez haqida unutamiz. Bular birgalikda tanamizdagi oksidlanish stressi va organizm hujayrlari qarishini sekinlashtiradi", - dedi shifokor La Vanguardia nashriga bergan intervyusida.

Shifokor ovqatlanishda yangi mavsumiy meva va sabzavotlar, dukkakli oʻsimliklar, yongʻoqlar, achitilgan (fermentlangan) sut mahsulotlari - masalan, yogurt yoki kefirni asos qilib olishni maslahat berdi.

Bundan tashqari, alkogol ichimliklardan voz kechish kerak, bu olimlarning fikriga koʻra, DNKni himoya qiladigan xromosomalar - telomerlarning qisqarishi bilan bogʻliq. Har bir hujayra boʻlinishi bilan ular qisqaradi va ularning uzunligi yetarli boʻlmaganda, hujayra nobud boʻladi.

Mutaxassis "qarilikka olib keladigan" mahsulotlar boʻyicha - qovurilgan kartoshka, tarkibida koʻp miqdorda transs yogʻlar boʻlgan margarinni, shuningdek shakar va tuzni alohida ajratdi.

Asosiy mavzular