Tashqi razvedka rahbari afsonaviy razvedkachilar ismini oshkor qildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishP/k predsedatelya Rossiyskogo istoricheskogo obshestva S. Narishkina
P/k predsedatelya Rossiyskogo istoricheskogo obshestva S. Narishkina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin Rossiya xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shgan taniqli yetti nafar nolegal-razvedkachilar ismini ma’lum qildi.

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin Rossiya xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shgan taniqli yetti nafar nolegal-razvedkachilar ismini ma’lum qildi.

Prezident RF V. Putin provel zasedanie Sovbeza RF - Sputnik O‘zbekiston
Tashqi razvedka rahbari Al-Bag‘dodiyning o‘limi haqida xabari yuzasidan izoh berdi

“Bular - Rossiya qahramoni Yuriy Anatolyevich Shevchenko, Sovet ittifoqi qahramonlari Yevgeniy Ivanovich Kim, Mixail Anatolyevich Vasenkov, Rossiya qahramoni Vitaliy Vacheslavovich Netiksa va uning rafiqasi Tamara Ivanovna Netiksa hamda Vladimir Iosifovich Loxov i Vitaliy Alekseyevich Nuykin”, - dedi Narishkin MIA “Rossiya segodnya” XAAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Dekabr oyida Narishkin, Tashqi razvedka xizmati o‘zining 100-yilligini nishonlash arafasida, yetti "maxsus zaxira xodimi" ismlarini rasmiy ravishda oshkor qilishga qaror qilganini aytdi. Bu xizmat bir necha taniqli nolegal-razvedka agentlarini oshkor qilish birinchi holati hisoblanadi. Ularning to‘liq tarjimai hollari keyinroq Tashqi razvedka xizmati matbuot xizmati tomonidan e’lon qilinadi.

Nolegal razvedkachi - bu xorijda boshqa mamlakat fuqaroligi ostida ishlaydigan razvedkachi hisoblanadi.  O‘z vaqtida oshkor qilingan afsonaviy nolegal-razvedkachilar - Dmitriy Bistroletov, Yakov Serebranskiy, Naum Eyitingon, Aleksandr Korotkov, Uilyam Fisher (Rudolf Abel), Konon Molodiy, er-xotin Gevork va Goar Vartanyan shuningdek, Aleksey Kozlov ismlari ochiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0