Uyda o‘tirishning nima keragi bor? - Moskvadan Magadanga velosipedda borgan qiz hikoyasi

© Foto iz lichnogo arxivaAnna Bolt puteshestvuyet po Rossii na velosipede s sobakoy
Anna Bolt puteshestvuyet po Rossii na velosipede s sobakoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yolg‘iz o‘zi, itni hisoblamaganda, velosipedda butun Rossiya va MDHni bosib o‘tgan qiz - Anna Bolt bilan intervyu.

Megalopolisning qulayligini yovvoyi sharoitlarda omon qolishga almashtirgan, maxsus tayyorgarliksiz  o‘zining Kapa laqabli taksa iti bilan Rossiya bo‘ylab velosiped safariga chiqqan qiz, "Uyda o‘tirishning nima keragi?" kitobining muallifi Anna Smolina (Bolt) bilan RIA Novosti muxbiri Olga Sinskaya suhbat qildi.

© Foto iz lichnogo arxivaAnna Bolt puteshestvuyet po Rossii na velosipede s sobakoy
Uyda o‘tirishning nima keragi bor? - Moskvadan Magadanga velosipedda borgan qiz hikoyasi - Sputnik O‘zbekiston
Anna Bolt puteshestvuyet po Rossii na velosipede s sobakoy

Men yoshligimda poytaxtdagi hayotning jo‘shqin ritmini yaxshi ko‘rardim, lekin 30 ga kirganimdan keyin men odamlardan va singdirilgan qadriyatlardan charchaganimni angladim.

Men uzoqlarga qochib ketgim kelardi shu sabab uzoq yakkaxon safarga otlandim.

Yo‘nalish tanlovi tasodifiy emas edi.

Magadanda yashaydigan onam, ikki o‘g‘lidan judo bo‘lganidan juda xafa edi. Va men 15 yoshimda uning e’tiborisiz o‘zim bilan o‘zim qoldim.

Yillar davomida munosabatlar butunlay quladi va endi marshrutni tanlayatib, men qaror qildim: bu Magadanga, onamning oldiga uzoq safar bo‘la qolsin.

Velosiped - turmush tarzi

Nimada sayohat qilish kerakligini men darhol angladim.

So‘nggi yillarda men qishda va yozda hamma joyda hamisha velosipedda yuraman: ofisga, do‘stlarim bilan uchrashish uchun.

© Foto iz lichnogo arxivaAnna Bolt puteshestvuyet po Rossii na velosipede s sobakoy
Uyda o‘tirishning nima keragi bor? - Moskvadan Magadanga velosipedda borgan qiz hikoyasi - Sputnik O‘zbekiston
Anna Bolt puteshestvuyet po Rossii na velosipede s sobakoy

Men har doim velosiped kaskasida va yelkamda rukzak bilan yuraman, rukzakdatezda kiyimni almashtirish uchun kuylak va tufli. Hatto ta’tilga chiqati, boshqa davlatga ketayotganimda, men chamadonni emas, balki velosipedni va rukzakni tayyorladim.

U sevimli iti, Kapa taksasini hamroh qilib oldi.

Men u uchun velosiped uchun maxsus treyler sotib oldim, uni yumshoq yostiqlar bilan qopladim.

Yo‘nalish shunday tuzilganki, yo‘l davomida albatta veterinariya klinikalari bor edi, ularning kontaktlarini oldindan yozib qo‘ydim.

Boshlanishida, ko‘p odamlar barmoqlarini chakkagi oldida burishgan, men bilan onkologiyasi bor keksa itni olganim uchun urishishgan.

Ammo sayohat Kapaga faqat foyda bo‘ldi. Treylerda bir oz tebranish o‘ziga hos limfodrenajni keltirib chiqardi va onkologiya fonida itni azoblaydigan suyuqlik to‘planishi butunlay yo‘qoldi!

Anna va Kapa, ​​Xorog

Ijtimoiy tarmoqlardagi sayohatlarimizni tomosha qilayotgan veterinarlar juda hayratga tushishdi va uzoq vaqt ko‘zlariga ishonishmadi.

Men o‘zim bilan it olib ketaymi yo‘qmi yoki uyda qoldirish haqida umuman o‘ylamagandim.

Men uchun mening Kapam birinchi navbatda sherik va do‘st edi. U bizning ajralishimizni boshdan kechira olishiga ishonchim yo‘q edi.

Va bu bizning so‘nggi safarimiz emas edi - u yana ikki yil atrofida yashadi.

Men sayohatda uzoqdan ishladim

Topgan pulimizga kamtarona ovqatlandik va ba’zan yo‘l bo‘yidagi mehmonxonalarning xizmatlaridan foydalanardik. Ko‘pincha sarflarni tejab tunni magistralning yonida o‘tkazardik.

© Foto iz lichnogo arxivaAnna Bolt puteshestvuyet po Rossii na velosipede s sobakoy
Uyda o‘tirishning nima keragi bor? - Moskvadan Magadanga velosipedda borgan qiz hikoyasi - Sputnik O‘zbekiston
Anna Bolt puteshestvuyet po Rossii na velosipede s sobakoy

Men o‘rmon tubiga kirishdan qo‘rqardim - yirtqichlar itimning hidiga kelishi mumkin edi. Men yonilg‘i quyish shoxobchasi yoki kafe yonida qarorgoh qurardim, yo‘lda dush qabul qilardim.

Katta shaharlarda bizni doim tunash, ovqatlanish va yuvinish uchun taklif qilishar edi.

Yo‘lda doim Moskvada yashab turib, mamlakatimiz naqadar go‘zal ekanligini tasavvur ham qila olmaganimni o‘ylardim.

Ayniqsa, Xakasiya va Buratiya qalbimni zabt etdi. Bu shunday tasvirlab bo‘lmaydigan atmosfera va energiya! Albatta u yerga qaytib boraman.

Baykal yomon ob-havo bilan kutib oldi

Safarni boshlashdan oldin, men ijtimoiy tarmoqlardagi rejalarim haqida gapirib berdim va tezda quvvatlash guruhini yig‘dim.

Hamma joyda velosipedchilar bizni yo‘lda kutib olishdi va bizni shaharga kuzatib qo‘yishdi. Endi hamma joyda do‘stlarim bor.

Anonim

Ammo Internetda har hil odamlar uchraydi, va menga noma’lum shaxsdan tahdidlar kela boshladi.

U meni "Moskvalik olifta" deb atardi va yo‘ldan chekinishimni talab qildi. Aks holda, u zo‘rlash va o‘ldirishga va’da berar edi. Bir oz vaqtga men Internetda rasmlarni joylashtirishni to‘xtatishga majbur bo‘ldim, shunda hech kim mening qayerda ekanligimni kuzatolmasdi.

© Foto iz lichnogo arxivaAnna Bolt puteshestvuyet po Rossii na velosipede s sobakoy
Uyda o‘tirishning nima keragi bor? - Moskvadan Magadanga velosipedda borgan qiz hikoyasi - Sputnik O‘zbekiston
Anna Bolt puteshestvuyet po Rossii na velosipede s sobakoy

Ko‘p sonli obunachilarga yordami bilan, men anonim akkaunt ortida velosiped olamining Chelyabinsklik o‘ziga hos bir shaxsi yashiringanligini bilib oldim. U menga qarshi tematik forumlarda kampaniya boshlagan edi.

Bu juda qo‘rqinchli edi. Noma’lum shahs oshkor bo‘lganidan so‘ng, u uning akkaunti buzilgan va kimdir tahdidlarni uning nomidan yozgan deb ishontirdi. Keyinchalik, biz bu ishlarni aynan u qilganini bilib oldik.

Mahalliy OAV va Chelyabinsk jamoatchiligi u haqida ko‘p gapirishdi. Oxir oqibat u jazolandi.

100 kundagi uchrashuv

Yo‘nalishning yuzinchi kuni men xuddi o‘zimga o‘hshagan yakka vilosipedchini uchratdim.

Uchrashuv effekti va manfaatlarning mos kelishi - sevgidan qochib bo‘lmadi!

O‘shandan beri, shu kungacha biz er va xotin sifatida birga sayohat qilmoqdamiz.

Biz birgalikda Tojikistonga Afg‘oniston chegarasi bo‘ylab piyoda safarga yo‘llandik.

Biz bilan Bro eshagi bor edi, mening og‘ir rukzagimni olib yurish uchun mahalliy qishloqda sotib olingan. Oyog‘imdagi jarohatdan keyin men o‘zimga og‘ir edi.

Bo‘rilar 

Bir kuni kechasi eshakni hidiga bo‘rilar oldimizga kelishdi. Biz eshakning dahshatli qichqirig‘idan uyg‘ondik. Yaxshiyam boshimizning tepasida har doim qozonning qopqog‘i bor edi.

Bo‘rilar jaranglaydigan tovushlardan qo‘rqishadi, masalan, vilkani metallag uyilishi ovozi. Biz yirtqichlarni haydab yubordik, ammo ular eshakni talashga ulgishdi.

Men bir hafta davomida bechorani davolashimga to‘g‘ri keldi. Ayrilish qiyin edi. Uni maxalliy aholiga topshirdik, ular Broga g‘amho‘rlik qilishiga ishontirdi.

© Foto iz lichnogo arxivaAnna Bolt puteshestvuyet po Rossii na velosipede s sobakoy
Uyda o‘tirishning nima keragi bor? - Moskvadan Magadanga velosipedda borgan qiz hikoyasi - Sputnik O‘zbekiston
Anna Bolt puteshestvuyet po Rossii na velosipede s sobakoy

Hozir biz Buxoroda (O‘zbekiston) qishlashapmiz, bu yerga Minskdan velosipedda yetib keldik.

Bahorda biz Turkiyadagi Likiya yo‘li bo‘ylab 509 kilometr piyoda safariga bordik.

Va hozirda biz birga safar qilmoqdamiz, biz zamonaviy ko‘chmanchilar oilasi: men, erim Valeriy Bolt va yangi to‘rt oyoqli do‘stlarimiz, sevimli toyteryerlar - Boltik va Volka. To‘rtalamiz bo‘lsak qiziqarliroq.

Yangiliklar lentasi
0