RT telekanali YouTube᾽da yangi rekord o‘rnatdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishOfis telekanala RT v Moskve
Ofis telekanala RT v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RT yangiliklar telekanallari orasida YouTube᾽da 10 milliard martadan ziyod ko‘rishlar soniga ega bo‘lgan telekanalga aylandi. U BBC, CNN, Al Jazeera, Euronews va FOX News telekanallarini ortda qoldirdi.

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. RT yangiliklar telekanallaridan birinchi bo‘lib YouTube᾽da 10 milliard marta ko‘rishlar sonini to‘pladi. Qolaversa, uning barcha akkauntlaridagi ko‘rishlarning umumiy soni BBC, CNN, Al Jazeera, Euronews va FOX News yangiliklar kanallarini ortda qoldiradi.

RT xabariga ko‘ra, 2019-yildagi eng mashhur videolardan biri bu WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning hibsga olinishi kadrlari bo‘lgan. RUPTLY miltimedia agentligining uning Ekvadorning Londondagi elchixonasi binosi yonida hibsga olishini olgan video dunyodagi yagona video bo‘lgan. Ushbu videoni dunyoning yirik OAVlari, jumladan, BBC, CNN, The Telegraph va The Guardian ko‘rsatgan.

Shuningdek, RT᾽ning maxsus roliklari e’tirof etilgan. Masalan, Fransiyadagi “sariq nimchalilar”ning norozilik namoyishlari yoki Notr-Dam de Pari yoki Bibi Maram ibodatxonasidagi yong‘indan olingan roliklar.

“Bugun YouTube᾽ eng ommabop kanal bu  BFM, CNEWS emas, balki RT telekanalidir”, - dedi Fransiya raqamli texnologiyalar bo‘yicha davlat kotibi Sedrik O.

RT – bu sakkizta yangilik va hujjatli kanallar, olti tildagi axborot onlayn portallar hamda RUPTLY global miltimedia agentligi. Har hafta RT telekanalini 47 ta mamlakatda (Ipsos) 100 million kishi tomosha qiladi.

RT – Rossiyaning nufuzli Emmy mukofotida yetti marta nomzod qilib ko‘rsatilgan yagona telekanali.

Yangiliklar lentasi
0