Erdo‘g‘on Rossiyani Suriya bo‘yicha kelishuvga rioya qilinmayotganlikda aybladi

© AP PhotoV provinsii Idlib (Siriya). Arxivnoe foto
V provinsii Idlib (Siriya). Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya Suriyaning Idlib bo‘yicha majburiyatlarini bajarmayotganlikda aybladi.

TOShKENT, 29 yanv – Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya Suriyaning Idlib bo‘yicha majburiyatlarini bajarmayotganlikda aybladi. RIA Novosti xabariga asosan.

Konstitutsiya RF - Sputnik O‘zbekiston
Peskov Rossiyada "Oliy hukmdor" atamasini kiritish g‘oyasiga izoh berdi

“Oxirgi kunlarda Idlibda Rossiya kuchiga tayanadigan rejim tomonidan hujumlar kuchaymoqda. Hozirda Rossiya Ostona va Sochi kelishuvlarini bajarmayapti. Sabr-toqatimiz tugab bormoqda. Agar bombardimon qilishni to‘xtatmasangiz, biz lozim hisoblagan narsani qilamiz deb, Rossiyaga aytdik”, - NTV telekanali Erdo‘g‘on so‘zlarinii keltiradi.

Turkiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Ostona jarayoni boshqa faoliyat ko‘rsatmaydi. Moskva, Anqara va Tehron uni tiklash haqida qadamlar haqida o‘ylashi mumkinligini taklif qildi.

Kuni  kecha Turkiya Mudofaa vazirligi Suriya hukumat qo‘shinlarining hujumlari Ostona va Sochi kelishuvlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan Turkiya kuzatuv va nazorat punktlariga tahdid soladigan bo‘lsa, "qattiq javob" berishga va’da berdi.

Idlib bo‘yicha kelishuv

Rossiya, Eron va Turkiya 2017-yil may oyida Ostonada (hoz. Nur-Sulton) Suriyada to‘rtta deeskalatsiya zonasini yaratishga kelishib oldilar.

Ulardan uchtasi 2018-yilda Damashq nazoratiga o‘tdi. Idlib viloyati va qo‘shni hududlarda Latakiya, Xama va Alepo viloyatlaridagi to‘rttinchi zona hanuzgacha hukumat qo‘shinlari tomonidan bosim olinmagan, aksariyat qismi “Jabhat an-Nusra”* terrorchilari tomonidan egallab olingan.

2018 yil sentabrda Sochida Rossiya va Turkiya o‘ndan ortiq turli xil bo‘linmalar joylashgan Idlibda qurolsizlantirilgan zonani yaratishga kelishib oldilar. Ularning eng yirigi –"Milliy ozodlik fronti" (Turkiya) va "Jabhat an-Nusra"*, jami 30 ming jangarilar.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot
Yangiliklar lentasi
0