05:50 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
1266 0 0

Bundestag deputati Gorbachevning kechirib boʻlmas xatosi tufayli NATO hozir Sharqqa qarab kengayayotganini aytib berdi.

TOSHKENT, 31 yanv - Sputnik. NATO SSSRga bergan vaʼdasini buzdi va Sharqqa qarab kengaymoqda, dedi Aleksander Noy Germaniya Bundestagidagi "Chap" fraktsiyasining tashqi siyosiy masalalar boʻyicha vakili, Freiheitsliebe portali uchun maqolada.

Deputat aytishiga qaraganda, mart oyida Shimoliy Atlantika alyansiga aʼzo davlatlar, xayoliy "rus tahdidi" bahonasida, soʻnggi 25 yil ichida eng katta harbiy mashqlar boʻlgan "Yevropa himoyachimi 2020" (Defender 2020)ni boshlaydilar, aslida esa "tajovuzkor" bu - NATOning oʻzi, deb hisoblaydi Noy. Moskva esa haligacha oʻzining mudofaa pozitsiyasini saqlab qolmoqda.

Deputatning soʻzlariga koʻra, Sovet Ittifoqi qoʻshinlarini Germaniyadan olib chiqish va Germaniya birlashish vaqtida AQSH rahbariyati Gorbachevga NATO Germaniya hududidan "Sharq tomonga bir qadam ham oʻtmaslikni" vaʼda bergan edi. Gorbachev ushbu vaʼdani rasman xujjatlashtirilishidan voz kechishi bilan "oʻzini aldanishiga" yoʻl qoʻydi. Noy oʻz maqolasida buni "shundoq ham imkoniyatlari zaiflashayotgan Gorbachyov boshchiligidagi Sovet rahbariyatining kechirib boʻlmaydigan xatosi" deb yozgan edi.

Shunday qilib, Noy taʼkidlaganidek, 1999 yilda "ochiq eshiklar" tamoyiliga amal qilgan holda, Ittifoq asta-sekin kengayishni boshladi, va bu hozirgacha davom etmoqda.

Hammasi boʻlib, "Yevropa Himoyachisi 2020" mashqlarida turli mamlakatlardan 37 mingga yaqin harbiy xizmatchilar qatnashadi. Faqatgina AQSH harbiy kuchlari 13 ming dona texnikadan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Asosiy mavzular