Rossiya Hindiston uchun S-400 ishlab chiqarishni boshladi

© Sputnik / Vladislav Sergiyenko / Mediabankka o‘tishDivizion S-400 "Triumf" zastupil na boyevoe dejurstvo v Krimu
Divizion S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Rossiya S-400-ni Hindistonga shartnomada belgilangan muddatda yetkazib beradi. Tomonlar o‘z zimmalariga olgan barcha majburiyatlarni to‘liq bajarishmoqda.

TOShKENT, 4 fev - Sputnik. Rossiya Hindiston uchun S-400 zenit-raketa tizimlarini ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda mamlakat sanoat va savdo vaziri Denis Manturov RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Rossiya S-400-ni Hindistonga shartnomada belgilangan muddatda yetkazib beradi. Umuman olganda, tomonlar zimmasiga yuklangan barcha majburiyatlar, shu jumladan, to‘lov ham to‘liq bajarilmoqda” - dedi u.

Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya mudofaa vaziri Anqarani S-400 xarid qilishga nima majburlaganini tushuntirdi

Denis Manturov Hindistonda o‘quv markazini yaratish bo‘yicha ish olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.

2018 yil oktabr oyi boshida Rossiya va Hindiston S-400 tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladilar. Eng so‘nggi zenit-raketa tizimlarining Dehli uchun 5,43 milliard dollarga tushadi. Ushbu bitim Rosoboroneksport tarixidagi eng yirik deb nomlandi. Yetkazib berishni yakunlash 2025-yilning birinchi yarmiga mo‘ljallangan.

S-400 “Triumf” Rossiyaning uzoq va o‘rta masofaga mo‘ljallangan zenit-raketa tizimi bo‘lib, aerokosmik hujumning barcha zamonaviy va istiqbolli vositalarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan.

Hindistondan tashqari S-400 yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar Turkiya va Xitoy bilan tuzildi. Iroq rasmiylari ham komplekslarni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdalar.

Yangiliklar lentasi
0