15:26 26 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (866)
709 0 0

Xitoylik mutaxassislar koronavirusga qarshi Rossiyada ishlab chiqarilgan dorini sinovdan oʻtkazishni boshladi.

TOSHKENT, 4 fev – Sputnik. Xitoyda koronavirusga qarshi Rossiyada ishlab chiqarilgan triazavin preparati sinovdan oʻtkazish boshlandi.

Bu haqda Rossiya Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Sergey Krayevoy maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Xitoyliklar dorini sinovdan oʻtkazish uchun olishdi”, - deb taʼkidladi Krayevoy.

Bundan avval Rospotrebnadzor epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshligʻi Yelena Yejlova rossiyalik olimlarda Xitoyda tarqalgan koronavirusga qarshi vaktsina tayyorlash uchun asosiy moddalar borligini maʼlum qilgandi.

Dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey viloyati markazi boʻlgan Uxan shahrida pnevmoniya koronavirus - 2019-nCoV tarqalishi haqida xabar qilingandi. Xitoyda bu virus bilan kasallangan bemorlar soni 17 ming kishidan oshdi, shulardan 360 nafari vafot etdi.

Xitoydan tashqari xorijiy davlatlarda qariyib 150 kishi kasallandi, ulardan bir kishi vafot etdi.   

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yangi tipdagi koronavirusning avj olishini xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan favqulodda holat, deb tan oldi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (866)

Asosiy mavzular