Moskvada Nazarboyevning sobiq kuyovi to‘satdan vafot etdi

© AFP 2023 / VYACHESLAV OSELEDKOStarshiy sin eks-prezidenta Kirgizstana Askar Akayev Aydar (sprava) i yego jena Saykal Akayeva, arxivnoe foto
Starshiy sin eks-prezidenta Kirgizstana Askar Akayev Aydar (sprava) i yego jena Saykal Akayeva, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Moskvada istiqomat qilgan Aydar Akayevning to‘satdan yuragi to‘xtab qoldi.

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Moskvada Qirg‘iziston birinchi prezidenti Askar Akayevning o‘g‘li, Qozog‘iston birinchi prezidentining Nursulton Nazarboyevning sobiq kuyovi Aydar Akayev to‘satdan vafot etdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

© AFP 2023 / STRMolodojeni Aliya Nazarbayev i Aydar Akayer s roditelyami Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev, sleva, i yego jena Sara, i prezident Kirgizstana Askar Akayev, sprava, i yego jena Mayram poziruyut dlya semeynogo foto. Arxivnoe foto
Moskvada Nazarboyevning sobiq kuyovi to‘satdan vafot etdi - Sputnik O‘zbekiston
Molodojeni Aliya Nazarbayev i Aydar Akayer s roditelyami Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev, sleva, i yego jena Sara, i prezident Kirgizstana Askar Akayev, sprava, i yego jena Mayram poziruyut dlya semeynogo foto. Arxivnoe foto

Qarindoshlarning so‘zlariga ko‘ra, 44 yoshli Aydar Akayev to‘satdan yuragi to‘xtab qoldi, u shifokorlar kelishigacha vafot etdi.

Aydar Akayev 1976-yil 20-fevralda Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) shahrida tug‘ilgan. 1998-yilda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja qizi 18 yoshli Aliya Nazarbayevaga uylanadi. Er xotin 2001-yilda ajrashishdi.

2002 yilda Aydar Akayev 21 yoshli NBT kanali teleboshlovchi Saykal Chokuboyevaga uylandi. Oilada uch farzand dunyoga keldi.

Qirg‘izistonda 2005-yilda bo‘lgan inqilob va Akayev hukumatdan ag‘darilgandan so‘ng Moskvaga ketib, biznes bilan shug‘ullanishni boshladi.

Askar Akayevning jiyani vafot etdi  

Shu bilan birga, chorshanba kuni Qirg‘iziston birinchi prezidenti Askar Akayevning jiyani – Kuban Akayev Moskvada vafot etgani ma’lum bo‘ldi. U 59 yoshda bo‘lgan.

5 fevral kuni Kuban Akayevning jasadi Qirg‘izistonga olib kelinib, Chuy viloyatining Kemin tumanida dafn etildi.    

Yangiliklar lentasi
0