23:10 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)
512 0 0

Joriy yilning 10 fevralidan AQSH koronavirus tufayli Xitoyda viza berishni vaqtinchalik toʻxtatib qoʻyadi.

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Joriy yilning 10 fevralidan AQSH koronavirus tufayli Xitoyda viza berishni vaqtinchalik toʻxtatib qoʻyadi. Bu haqda AQShning Pekindagi elchixonasi rasmiy saytida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, yuzaga kelgan vaziyat va juda cheklangan xodimlar sabab diplomatik idoralar viza xizmatlariga doir soʻrovlarga javob bera olmasligi mumkin. Shu bilan birga diplomatlar “favqulodda vaziyat” yuzaga kelgan taqdirda yordam berishga tayyorliklarini birdirishgan.

Avvalroq Amerika hukumati oʻzining fuqarolari va Xitoyga 2 fevraldan boshlab soʻnggi 14 kun ichida tashrif buyurgan xorijliklar uchun cheklovlar joriy etgan edi.

Dekabr oxirida Xitoy hukumati Xubey provintsiyasi markazi boʻlgan Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi. Keyinchalik kasallik qoʻzgʻatuvchisi 2019-nCoV koronavirusi ekani aniqlandi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, u bilan kasallanganlar soni 37553 kishiga yetgan. Vafot etgan 813 nafar, sogʻayib ketganlar 2649 nafar kishini tashkil etadi. Virus 25 dan ziyod mamlakatlarda, jumladan, Rossiyada qayd etilgan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) ushbu vaziyatni favqulodda holat deb tan oldi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)

Asosiy mavzular