17:44 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
1014 0 0

AQSH OAVlarining "divan tahlili"ga koʻra, AQSH bilan Rossiya urishgan taqdirda, harbiy harakatlar Yevropada boʻlib oʻtadi va AQSH qoʻshinlari bir qator tabiiy toʻsiqlarga duch kelishi mumkin.

TOSHKENT, 10 fev - Sputnik. Daryolar "Rossiya bilan urushda" gʻalaba qozonish uchun tabiiy toʻsiqdir, deb yozadi Amerikaning Breaking Defence elektron nashri, RIA Novosti xabariga asosan.

Taʼkidlanishicha, AQSH va Rossiya oʻrtasida harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda, harbiy harakatlar Sharqiy Yevropada boʻladi - koʻplab daryolar oqib oʻtadigan keng tekislikda. Ulardan biri Visla, butun Polshadan janubdan shimolga oqib oʻtadi, shuning uchun NATO kuchlari harbiy koʻmakni joʻnatish yoki ortga chekinish uchun asosan  55 tonnadan ortiq yukni koʻtaradigan koʻpriklardan foydalanishiga majbur.

Xususan, ogʻirligi 60 tonnadan ortiq boʻlgan M1 Abrams tankiga va uning Shimoliy Atlantika alyansidagi "ittifoqchilari" - Britaniyaning Challanger II, Germaniyaning Leopard II va hatto Frantsiyaning Leclerclariga eng muhim joylarda koʻplab koʻpriklardan foydalanish xavfli boʻladi.

Sovuq urush davrida Sharqiy Yevropadagi koʻpriklar 45 tonna Sovet tanklariga bardosh beradigan tarzda qurilganligi tushuntirilmoqda. Amerikalik muhandislik kuchlarining olov ostida koʻpriklar qurish boʻyicha "baʼzi imkoniyatlari" ga qaramay, bu imkoniyatlar Sharqiy Yevropadagi eng yirik daryolardan birini ham yengish uchun juda cheklangan, deya xulosa qiladi muallif.

Asosiy mavzular