Afg‘onistonda lazer qurollari uchun javobgar bo‘lgan jangari yo‘q qilindi

© AP Photo/Rahmat GulAfganskie sili bezopasnosti. Arxivnoe foto
Afganskie sili bezopasnosti. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda Abubakr nomi bilan tanilgan “Tolibon”ning lazer quroli javobgari Muhammad Gul o‘ldirildi. Shuningdek, 30 dan ziyod “Tolibon” jangarisi yo‘q qilingan.

TOShKENT, 10 fev - Sputnik. Afg‘oniston Mudofaa vazirligi lazer qurollari uchun javobgar bo‘lgan “Tolibon” jangarisi yo‘q qilinganini e’lon qildi.

Vazirlik mamlakat shimolidagi Balx viloyatida aksilterrorchilik amaliyoti o‘tkazilganini ma’lum qildi. Natijada 35 nafar “Tolibon” jangarisi yo‘q qilingan, yana besh nafari jarohat olgan. Bundan tashqari, “juda ko‘p miqdordagi giyohvand moddalar” aniqlangan va musodara qilingan.

Goroda mira. Mosul - Sputnik O‘zbekiston
Iroqda ID* rahbarlaridan biri qo‘lga olindi

“Tolibon terrorchisining lazer quroli uchun javobgar Balxda yo‘q qilindi! Afg‘oniston harbiy kuchlari kecha soat 17.20 da Balx viloyatining Chamtal tumanidagi Delbar qishlog‘ida aniq havo zarbasini amalga oshirdi. Natijada, Abubakr nomi bilan ham tanilgan “Tolibon”ning lazer quroli javobgari Muhammad Gul o‘ldirildi”, - deyiladi idoraning Twitter᾽dagi rasmiy sahifasida.

Jangarilar harbiy samolyotlarining uchuvchilarini ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish uchun lazer qurolidan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, Business Insider nashri ta’kidlaganidek, Afg‘oniston hukumati jangarilarning lazer yordamida nishonga oladigan qurollariga ega ekanligiga e’tibor qaratgan edi, bu o‘z navbatida armiya operatsiyalarini o‘tkazishni murakkablashtiradi.

Afg‘onistonda hukumat kuchlari bilan ilgari mamlakatning qishloq joylarida muhim hududni egallab olgan va yirik shaharlarga hujum uyushtirayotgan “Tolibon” radikal harakati jangarilari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab “Islom davlati”* terrorchilik guruhining ta’siri kuchayib bordi. Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab qo‘shma aksilterror amaliyotlarini o‘tkazib kelmoqda.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0