15:56 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
83410

Xitoy janubi-gʻarbidagi Sichuan viloyatida H5N6 parranda grippi tarqalmoqda. Epidemiya oldini olish maqsadida 4 mingdan ortiq parranda yoʻq qilindi.

TOSHKENT, 10 fev – Sputnik. Xitoy janubi-gʻarbidagi Sichuan viloyatida H5N6 parranda grippi tarqalmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti Xitoy Qishloq xoʻjalik vazirligi xabariga asosan.

Qayd etilishicha, parranda grippi Nanchun shahar okrugi Sichun uyezdidagi fermalardan birida aniqlangan. Insonlarning parranda grippi bilan kasallanish holati hozircha qayd etilmagan.

Fermada sal kam 2,5 ming dona parranda boʻlgan, ulardan 1,84 ming donasi gripp yuqtirish oqibatida nobud boʻlgan.

Epidemiya tarqalganidan soʻng mahalliy hukumat kasallik tarqalishining oldini olish choralarini koʻrib, 2,26 mingta parrandani yoʻq qilgan.

Avvalroq Xitoyning yangi turdagi koronavirus oʻchogʻi hisoblangan Xubey provintsiyasining janubiy chegarasida joylashgan Xunan viloyatida H5N1 parranda grippi tarqalgan haqida xabar qilingandi. Oʻsha vaqtda 4,5 ming paranda halok boʻldi. Epidemiya tarqalishini oldini olish maqsadida 17,8 ming dona parranda yoʻq qilindi.

Asosiy mavzular