01:16 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
86310

Bir hafta ichida suyultirilgan gaz narxi 30 %ga quladi, bunga birinchidan Xitoydagi koronavirus sabab boʻlsa, ikkinchidan qishning issiq kelishi sabab boʻlgan.

TOSHKENT, 10 fev – Sputnik. Osiyo bozorida suyultirilgan gaz (LNG) narxi keskin tushib ketdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

“Bir hafta ichida narxlar keskin qulay boshladi. Bu misli koʻrilmagan favqulodda vaziyatdir. Bunaqasi hech qachon boʻlmagan”, - deydi Singapurlik birja savdogari.

Bugun ertalabki savdoda LNG narxi 1mmBtu (Britaniya termal birligi) -  3 $narxda sotildi. Bu ushbu yonilgʻining oʻtgan yilgidagi narxiga nisbatan 50 % kam. Reuters xabariga koʻra, Hindistonga yoʻl olgan kamida bitta tanker ana shunday narxda sotilgan. Bu bir haftada suyultirilgan gaz narxi 30%ga pasaydi degani.

Xitoyning  eng yirik egnergetika kompaniyasi boʻlgan National Offshore Oil Corporation (CNOOC), oʻtgan haftada favqulodda vaziyat eʼlon qilib, suyultirilgan gaz sotib olishdan voz kechgan.

Poten & Partners konstalting kompaniyasi xabariga koʻra, 7 fevral holatiga Xitoyga yoʻl olgan kamida 5ta tanker oʻz yoʻnalishini oʻzgartirishga majbur boʻlgan. Yana 30ga yaqin tankerlarni ana shundan “istiqbol” kutmoqda, deyilgan xabarda.

Frantsiyaning Total kompaniyasi xodimi aytishiga qaraganda, Xitoy voz kechgani tufayli, kompaniyaning 1 tankeri yoʻnalishini Singapurga oʻzgartirigan, yana 4ta tankeri vaziyat yaxshilanish ilinjida, yurish tezligini sekinlatgan. CNOOC – yana bir yirik gaz yetkazib beruvchi xabariga koʻra, Xitoy yana bir necha tankerlarni keyinga qoldirishni soʻragan.

Rystad Energy konstalting kompaniyasi xulosasiga koʻra, Xitoyda suyultirilgan gazga boʻlgan talab kamida 4,7 %ga qisqaradi.

Bunday vaziyatda suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilar uchun eng asosiy vazifa – imkon qadar tezroq mahusulotga yangi xaridor topishdir. Bunday xaridorlardan biri Hindiston boʻlishi mumkin edi, lekin u yerda gaz tarqatish tizimi sust rivojlangan.

Yevropa esa 2019 yil oxirida, qish mavsumidan oldin oʻz gaz omborlarini liq toʻldirib olgan edi. Shuning uchun ular ham qoʻshimcha gaz hajmlarini qabul qila olmasa kerak.

Navbatda Yaponiya va Janubiy Koreya - JERA va KOGAS ushbu vaziyatdan foydalanib qolishlari mumkin. Lekin bu yil qishning issiq kelishini hisobga olganda, ularda ham gaz isteʼmoli unchalik yuqori boʻlmasa kerak.

Yakuniy xulosa shundan iboratki, suyultirilgan gazning nisbatan past narxi, koʻplab eksport loyihalarini cheklab qoʻyishi mumkin. Chunki bozorda narxlar past boʻlganda aksariyat loyihalarni iqtisodiy asoslash murakkab boʻladi.

Asosiy mavzular