01:05 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
419 0 0

Permliklar "ochiq koʻngil, mehmondoʻst, xushfeʼl, biroz ajoyibroq", deb yozgan edi XIX asrda Melnikov-Pecherskiy.

Yevropacha "public space" (jamoat joylari-tahr.), Kama qirgʻogʻidagi yoshlar bayramlari, mahalliy gastro-rassomlarning asarlari - Permni "Doktor Jivago"dagi Yuryatinning prototipi deb tasavvur qiladiganlar, Ural oldi oʻlkasining hozirgi poytaxtidan hayratda qolishadi. Qor avtomobilini suv ustida poygalari, turupli "posikunchiki" taomi, tosh oʻrmoni, baliq ovidan zavqlanish va boshqa mahalliy nou-xaular haqida RIA Novosti muallifi Natalya Belyakova yozdi.

Perm oshxonasi

Sayohat menyusining mustaqil elementi - "Perm oshxonasi" fenomenidir. Unda Uralning butun etnik va bioxilma-xilligi anʼanalarini birlashgan. Va bu yerda har bir milliy taom yangicha talqinga kiradi. Masalan, mahalliy "non quloqlari" yoki "pelnyani" -  chuchvara kabi, lekin boshqacha chimchilash va ichida losos yoki choʻrtan goʻshti bilan farqlanadi.

Jenщina skladыvayet pelmeni na podnos
© Sputnik / Aleksey Malgavko
Jenщina skladыvayet pelmeni na podnos

Gastro-rassomlar klassik-goʻsht bilan toʻldirish oʻrniga, ular "posikunchiki"- pirojkini asal turipi bilan toʻldiradilar yoki tanovul qilib boʻlgandan keyin ichi nima bilan toʻldirilgan degan oʻylarga shoʻmgʻishga majburlaydilar, bu su-vidmidi (vakuum paketda pishirilgan) yoki pechda dimlanganmi?

Bittagina "lekin"bor  - oshxona haqiqatan ham mahalliydir. Agar siz Permga etib borsangiz va " xvoщ" (qirqboʻgʻin oʻsimligi-tahr.) eskirishga ulgib, pishirishga yaroqsiz boʻlib qolsa, siz taniqli pistiklarni totib koʻrolmaysiz. Garchi ovqatlar oʻzgarishi bilan buni sezishingiz dargumon. Gastro-restoranlardan birining devoriga: "Tinchlaning, siz Permdasiz!" deb yozilganligi bejiz emas.

Magʻrur yevroosiyoga mansubligining belgilarini mintaqaning hamma joyida uoʻrsa boʻladi. Sizni qadimiy afsonalardagi kabi nomlanishlardan aslo chalkashmang. Pokcha yoki Nыrob qishloqlarida siz mahalliy mahsulotlarga italyancha itoatkorlikni topasiz - masalan, bir litrli bankalarga arang sigʻib ketgan, tuzlangan oq qoʻziqorinlarga.

Votkinsk suv ombori yaqinidagi Yelovo qishlogʻida, har yilgi "Yelovskaya rыbka" nomi ostida boʻlib oʻtadigan gastronomik festival va baliq ovi janglarida choʻrtan baliq va leщ,laqqa va nalim, sterlyad va chexon ishtirokidagi baliq goʻshtidan zavqlanish yashiringan.

Kreativ miqyosi

Permliklar "ochiq koʻngil, mehmondoʻst, xushfeʼl, biroz ajoyibroq", deb yozgan edi XIX asrda Melnikov-Pecherskiy. Uchinchi ming yillikning boshlanishidagi yoqimli ajoyibotlar qatorida -  ijtimoiy-madaniy makonlarning ochilishi.

Shpagin zavodi loyihasi turizm dasturining majburiy qismidir. Bu yerda 2000 yillarda tugʻilgan yosh permliklar hafta oʻtkazadilar. Jamoat joylarini yaratishning Yevropa va Amerika tajribalaridan ilhomlanib, mahalliy meʼmorlar parovoz remont tsexlarini va ularning atroflariga yangi hayot bahsh etdilar.

Goroda Rossii. Perm
© Sputnik / Maksim Bogodvid
Goroda Rossii. Perm

Bu yerda spektakllar, koʻrgazmalar, kontsertlar uchun maydonlar mavjud. Masalan, fevral oyida gastronomik festival va yoshlar forumi boʻlib oʻtadi. Binolarning bir qismi Perm sanʼat galereyasi va Perm qadimliklar muzeyi filiallariga topshirildi.

"Uchadigan farishta" figurasi, N. Sheksheri qishlogʻi, XIX asr. Perm davlat sanʼat galereyasi

Yana bir "ajoyib" narsa - bu Perm Esplanadasi, shahar markazidagi namunali yevropacha sayr xududi: favvora, maysa bilan qoplangan bionik shakllar pavilonlari, belanchaklar, mavsumiy attraktsionlar. Qishda muzli yahmalaklari, balanliklari va haykallari bilan muz shaharchasi quriladi.

Yevropacha oʻlka

Amerika va Yevroosiyo chegaralarini chegaralarini oʻrgangan Vitus Bering oʻzining Ikkinchi Kamchatka ekspeditsiyasining boshida (1733) Osa nomli shahardatoʻxtab tunagan. Shu voqeaga taniqli sanʼat obʼyekti – dengizchining qayta tiklangan kemasi bagʻishlandi.

Statuetka festivalya Yelovskaya rыbka v sele Yelovo Permskogo kraya
Statuetka festivalya "Yelovskaya rыbka" v sele Yelovo Permskogo kraya

Ammo jasur qoʻmondonning ruhi nafaqat bu kema saqlab qoldi, balki bu yerga har yili "Bering suv hududi" ekstremal sport festivaliga tashrif buyuradigan qoʻrqmas yoshlar ham saqlab qolgan. Bu oddiy yevropacha suv qirgʻogʻidagi yigʻinga oʻxshaydi. Ammo Kama yoshlarning oʻziga hos, maxsus koʻngil ochish turi bor - suvda qor mashinalarida poygasi.

Chusovaya daryosi sohilidagi tosh oʻrmoni va Usvinskiy ustunlari - Yunon Meteorlariga bizning javobimiz. Qadimgi marjonli korallar, mollyuskalar izlari uchrab turadigan ohaktoshli harsanglari massivi (bir necha million yillar oldin bu yerda dengiz boʻlgan).

Bu joylarni uzoq vaqtdan beri kino guruhlari yoqtirib qolgan: "Birinchilar davri", "Parma qalbi" va boshqa kinosagalar ilhomlantiruvchi tabiatda yaralgan.

"Qizlar" komediya filmidan kadrlar

Aytgancha, "Qizlar" filmining taniqli sahnalari ham yaqin atrofda suratga olingan.

Suvli muhit

"Sohilboʻyi joylar odamlar uchun " tendentsiyasi bu erda yangi emas. XIX asrning oxirida, shaharlar suv panoramalaridan tejamkor ravishda foydalanishgan paytlarda, Perm Kama boʻyida sayr qilish maydoniga ega boʻldi. Bugungi kunda mahalliy aholi va ularning ortidan kelgan sayyohlar daryo boʻyida doimiy ravishda biror hodisa sodir boʻlayotganiga koʻnikib qolishmoqda: "Sohilboʻyidagi dam olish kunlari" loyihasi doirasida oʻtkazilayotgan koʻrgazmalar, kontsertlar, installyatsiyalar.

Ular uchun – Permda - Yevropaning eng uzun shaharlaridan birida (daryo boʻylab 70 kilometrdan koʻproq) doimo joy topiladi.

Permda "Schastye ne za gorami" (Baxt togʻlar ortida emas) degan mashhur yozuv bor. Demidkovo shahrining eng tinch sanatoriysida esa - "Schastye zdes" (baxt shu yerda) degan yozuv paydo boʻldi. Bu ham permliklarning oʻziga xos britaniyacha hazili. 

Proxojiye na naberejnoy reki Kama v Permi.
© Sputnik / Aleksey Filippov
Proxojiye na naberejnoy reki Kama v Permi.

 

Asosiy mavzular