10:26 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Dunyoda
Havola olish
36110

Oʻtgan yilning dekabr oyida Kuberten qoʻli bilan yozilgan Olimpiya manifesti anonim ravishda auktsionda 8,8 million dollarga sotib olingan edi.

TOSHKENT, 11 fev - Sputnik. Milliarder Alisher Usmonov Lozanna shahridagi Olimpiya muzeyiga zamonaviy Olimpiya oʻyinlari asoschisi Pyer de Kubertenning manifestini sovgʻa qildi. Bu haqda XOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻtgan yilning dekabr oyida Olimpiya manifesti kim oshdi savdosida 8,8 million dollarga sotib olingan edi. Xaridor nomi nomaʼlum edi.

"Bugun biz tarixiy voqeaning guvohi boʻldik. Biz tarixiy hujjatni, Olimpiya harakatining falsafiy asoslarini aks ettiruvchi nutqni koʻrdik. Bundan tashqari, biz ushbu qoʻlyozmaning Olimpiya uyiga, aslida oʻz makoni boʻlgan joyga tarixiy ravishda qaytganini shohidi boʻldik", - dedi XOQ prezidenti Tomas Bax .

U Usmonovning sahiyliki tarixga yaqinlashishga imkon berganini taʼkidladi. Oʻz navbatida, milliarder olimpiya harakatining bunday muhim atributini xususiy shaxsda saqlanishi kerak emasligini taʼkidladi.

Kuberten manifestni 1889 yilda yozgan. Qoʻlyozmaning 14 sahifasida zamonaviy Olimpiya oʻyinlarining asoslari bayon qilingan. "Xalqlar oʻrtasidagi kurash faqat sportda boʻlishi kerak" degan ibora alohida qiziqish uygʻotadi.

Kuberten Olimpiya oʻyinlarini tiklash tashabbuskori hisoblanadi. Shuningdek, u Oʻyinlarning timsoli va qasamyodni ishlab chiqdi va "Tezroq, balandroq, kuchliroq" shiorini taklif qildi.

Uning sharafiga XOQ tomonidan beriladigan mahsus mukofot nomlandi, ushbu mukofot Olimpiya oʻyinlari chogʻida koʻrsatiladigan olijanoblik uchun beriladi.

Asosiy mavzular