21:06 28 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Dunyoda
Havola olish
481 0 0

AQSH kontrazvedka va xavfsizlik milliy markazi 2020-2022 yillar uchun moʻljallangan strategiyani eʼlon qildi. Unda Rossiya va Xitoy asosiy tahdidlar roʻyxatiga kiritildi.

TOSHKENT, 11 fev – Sputnik. Rossiya va Xitoy AQSH razvedkasining asosiy tahdidlar roʻyxatiga kiritildi. AQSH kontrazvedka va xavfsizlik milliy markazi 2020-2022 yillar uchun moʻljallangan strategiyani eʼlon qildi.

Idora mamlakatni nishonga olgan oʻyinchilar soni oshmoqda deb hisoblamoqda.

“Rossiya va Xitoy butun dunyo boʻylab harakat qilishadi, AQShga qarshi milliy kuchning barcha vositalaridan foydalanadilar hamda zamonaviy katta razvedka imkoniyatlariga ega”, - deyilgan hujjatda.

Tahdidlar sifatida Kuba, Eron, Shimoliy Koreya, “Hezbollah”, “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi* va “Al-Qoida”, shuningdek transmilliy jinoiy tashkilotlar qayd etilgan.

Hujjat mualliflari maʼlumlariga koʻra, yuqorida tilga olingan oʻyinchilar murakkab vositalar, shu jumladan, biometrik qurilmalar, avtomnom tizimlar, va yuqori aniqlikdagi vositalar, zamonaviy  shifrlash va kuzatuv mexanizm va tahlil bazalarga ega.

Xorijiy razvedkalarning maqsadi AQShning koʻplab vazirlik va idoralar, laboratoriya, moliya sektori, sanoat korxonalariga qaratilgan.  

Strategiyada aytilishicha, chet el razvedkasining baʼzi harakatlari muhim infratuzilma va harbiy obʼyektlar ishdan chiqarishga qaratilgan.

Avvalroq AQSH Oq uyi 2021 moliyaviy yil uchun byudjetni eʼlon qilgandi, unda ham Rossiya va Xitoy asosiy tahdid sifatida belgilangan.

Asosiy mavzular