20:31 28 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Dunyoda
Havola olish
86310

Ekspertlar Moskvada taksichilar qancha maosh olishi hisoblab chiqishdi. Umumiy daromaddan qoplanadigan toʻlovlar tahlil qilindi.

TOSHKENT, 11 fev – Sputnik. Moskva taksi haydovchilarining maoshi standart sakkiz soatli ish kunida oyiga oʻrtacha 20-25 ming rublni tashkil qiladi. RIA Novosti xabariga asosan.

Mutaxassislarning hisob-kitobiga koʻra, umumiy daromaddan 3 foiz lizing toʻlovlari va sugʻurta (kasko va OSAGO), 4 foiz taksopark, 8 foiz – lizingga olingan mashina toʻlovini qoplash summa tashkil qiladi.

Bundan tashqari, 23 foiz eskpluatatsiya va soliq harajatlarini tashkil qiladi. Shuningdek, 25 foiz agregartor oʻziga oladi.

Natijada umumiy daromaddan 34 foiz haydovchida qoladi.

Ekspertlar maʼlumotlariga koʻra, 74 ming rubl daromad olish uchun taksischi 25 kun 12 soatdan (oyiga 300 soat) ishlashi kerak. Bunday ish grafigida YTH xavfi sezilarli darajada oshadi.  

Asosiy mavzular