10:27 25 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (862)
79400

Sal oldin Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Xitoydagi koronavirusning yangi turiga COVID-2019, deya rasmiy nom bergan edi.

TOSHKENT, 11 fev – Sputnik. Koronavirusga qarshi birinchi vaktsina 1,5 yildan keyin yaratilishi mumkin, deya xabar berdi Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.

"Vaktsinalar va dori vositalarining ishlab chiqarilishi tadqiqotlar dasturining muhim qismi hisoblanadi, lekin bu birgina qismi. Ularni ishlab chiqish uchun vaqt talab etiladi. Shu bilan birga, biz himoyasiz emasmiz. Bugungi kunda jamoatchilikka oid juda koʻplab choralar qabul qilingan va ular virus yuqishining oldini oladi. Misol uchun, birinchi vaktsina 18 oydan soʻng tayyor boʻladi. Shunday ekan, virusga qarshi kurashishda qoʻl ostida boʻlgan quroldan foydalanmoq joiz", - dedi u.

Eslatib oʻtamiz, Xitoy hukumati 2019 yil 31 dekabrda Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotini mamlakatning markaziy qismi - Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniya avj olgani haqida xabardor qilgan edi. Mutaxassislar kasallikni qoʻzgʻatuvchisi - 2019-nCoV koronavirusi ekanligini aniqladilar. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Xitoyda virusdan kasallanganlar soni 42638 nafarni tashkil qiladi, 1016 inson halok boʻlgan.

Sal oldin BSST Xitoydagi koronavirusning yangi turiga COVID-2019, deya rasmiy nom bergan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (862)

Asosiy mavzular