11:57 30 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1173)
762 0 0

Ayni damda dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 44 mingdan oshdi, ulardan 4,7 ming nafari tuzalib ketgan.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Rossiyaning Chita shahrida Koronavirus bilan kasallangan Xitoy fuqarosi tuzalib ketdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Kecha 11 fevral kuni Tyumen shahar shifoxonasida davolanayotgan yana bir xitoylik talaba qiz koronavirus kasalidan tuzalib ketgani haqida xabar qilingan edi.

Shunday qilib, Rossiya hududida aniqlangan, 2 ta koronavirus bilan kasallanish holati ham ijobiy natija bilan yakunlandi. Ayni damda Rossiya hududida koronavirus bilan kasallangan boshqa fuqarolar yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda dunyoda COVID-19 (koronavirusning rasmiy nomi) bilan kasallangan kishilar soni 44 mingdan oshdi, ulardan 4,7 ming nafari tuzalib ketgan. Ushbu virudan 1113 kishi vafot etdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1173)

Asosiy mavzular