21:36 28 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Dunyoda
Havola olish
42501

Ukraina Bosh prokuraturasi Jorj Soros jamgʻarmasi bilan hamkorlikni tasdiqladi. Sputnik radiosi efirida ukrainalik siyosatchi Vladimir Oleynik amaldorlarga pora berishning oʻziga xos shakli mavjud boʻlgan degan fikrni bildirdi.

Ukraina Bosh prokuraturasi Jorj Soros "Uygʻonish" jamgʻarmasi bilan hamkorlik qilayotganini tan oldi, ammo mablagʻlarning aniq miqdorini oshkor qilmadi. Bosh prokuror ofisining Ukraina adliya vazirining sobiq oʻrinbosari Vladimir Bogatirning soʻrovlariga javoblari Strana.ua saytida eʼlon qilindi.

Idoraning xabar berishicha, prokurorlarning ish haqqi davlat byudjetidan toʻlanadi, biroq jamgʻarma xodimlarning chet elga xizmat safarlarini tashkil etishga yordam bergan.

"2014-2019 yillarda Bosh prokuratura va "Uygʻonish" Xalqaro Jamgʻarmasi oʻrtasidagi hamkorlik ekspert va maslahat xarakteriga ega boʻlgan. Shuningdek, prokuratura organlari xodimlarining xizmat safari (hodimlar pul mablagʻlari olmagan) tashkil etilishida koʻmaklashgan", - deyiladi prokurorning javobida.

Shu bilan birga, idora oʻz xodimlarining xizmat safarlari haqida maʼlumotlarini yuritmagan, shuning uchun ushbu xodimlarning roʻyxatini va moliyalashtirish manbalarini koʻrsatib boʻlmaydi. Rasmiy javobda aytilganiday, yordam, xususan, Xalqaro jinoiy sud bilan hamkorlikda tajriba orttirishga qaratilgan boʻlgan.

Sputnik radiosida, V-VII chaqirigʻi xalq deputati, ukrainalik siyosatchi Vladimir Oleynik bunday hamkorlik korruptsiya koʻrinishidir, degan fikrni bildirdi.

"Bepul pishloq - faqat sichqon qopqonda. Soros hech narsani bepulga qilmaydi. Ular ushbu mablagʻning mazmunini oshkor qilmaydilar, ammo Maydanni otilishiga aloqador bir guruh prokurorlar, tergovchilar, advokatlar va hatto jabrlanganlarni moliyalashtirganlari toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. Tergovni oʻtkazib, hech qanday holatda natija bermaslik – ana shunday topshiriq qoʻyilgan. Chunki tergovni xujumlarga aloqadorlarning oʻzlari oʻtkazmoqdalar. Aynan shu topshiriq moliyalashtirilmoqda. Bu alohida jinoyat ishi, chunki Ukraina qonunlari prokuratura, sud, tergov hodimlarini bir necha mnbalardan, shu jumladan xususiy manbalardanmoliyalashtirishni taqiqlaydi. Bu korruptsiyaning bir shakli, mansabdor shaxslarga pora berishning oʻziga hos shakli ", - dedi Vladimir Oleynik.

Asosiy mavzular