10:47 30 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
85710

Yaponiyalik 112 yoshli otaxon Titetsu Vatanabe dunyoda eng keksa kishi sifatida Ginness rekordlar kitobi guvohnomasini oldi.

TOSHKENT, 12 fev – Sputnik. Yaponiyalik 112 yoshli otaxon Titetsu Vatanabe dunyoda eng keksa kishi sifatida Ginness rekordlar kitobi guvohnomasini oldi.

Otaxonga faxrli guvohnoma Niigate shahridagi qariyalar uyida topshirildi.

Vatanabe 1907 yil 5 martda tugʻilgan. 20 yoshida Tayvanga koʻchib oʻtgan, u yerda 18 yil yashagan.

Undan oldin uzoq umr koʻrgan kishi Xakkaydo orolida istiqomat qilgan Masadzo Nonaka boʻlgandi. U 2019 yil 20 yanvarda 113 yoshida vafot etdi.

Yaponiyada 80 yoshdan oshgan odamlar soni ilk bor 2015 yilda 10 million kishidan oshdi.

Asosiy mavzular