Ichak faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar ro‘yxati – shifokorlar tavsiyasi

Obuna bo‘lish
Germaniyalik shifokorlar ichak faoliyatini tiklashga yordam beradigan mahsulotlar ro‘yxatini tuzishdi. Unga asosiy 5 ta mahsulot kiritildi.

TOShKENT, 12 fev – Sputnik. Shifokorlar ichak faoliyatini tiklashga yordam beradigan mahsulotlar ro‘yxatini tuzishdi. Germaniyaning Focus.de portali xabariga asosan.

Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar go‘sht va kolbasa salomatlik uchun xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi

Ro‘yxatga kokos, yalpiz, qizil baliq (losos), malina va limon kiritildi.

Kokos asosidagi mahsulotlar, shu jumladan sut va yogurt virus va bakteriyalar ko‘payishiga qarshi xususiyatlarga ega.

Yalpiz ichak sindromi alomatlarini yengillashtirishga yordam beradi – ichak traktini bo‘shashtiradi, og‘riq, qorin shishishini kamaytiradi.

Tadqiqotchilar, shuningdek, D vitaminining kamligi va yo‘g‘on ichakning surunkali kasalliklari, masalan, saraton kasalligi bilan bog‘liqligini aniqladilar. Olimlar fikriga ko‘ra, Omega-3 kislotalariga boy yog‘li baliq yallig‘lanish jarayonini to‘xtatishga va infeksiyaga qarshi kurashadigan bakteriyalar faolligini oshirishga yordam beradi.

Malinalar tarkibida tolalar ko‘p bo‘lganligi sababli ichak uchun eng foydali mahsulotlar ro‘yxatiga kirdi. Bir meva porsiyasida taxminan sakkiz gramm klechatkani o‘z ichiga oladi, bu odamning kunlik ehtiyojining chorak qismi hisoblanadi. Malinani iste’mol qilish ich qotish va divertikuloz rivojlanishini oldini oladi.

O‘z navbatida, limon S vitaminiga boy, u tanada sog‘lom bakterial muvozanatni saqlaydi va ichaklarni himoya qiladigan kollagen moddasini hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.

Olimlar ta’kidlashicha, butun immunitet tizimining ishlashi ichak florasining holatiga bog‘liq, chunki antitellar ishlab chiqaradigan barcha hujayralarning taxminan 70 foizi ichak shilliq qavatida bo‘ladi. Bundan tashqari, unda yashaydigan bakteriyalar klechatkani parchalaydi va vitamin ishlab chiqarish uchun javobgar hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0