Shu vaqtgacha kurdlarga yordam berib kelgan AQSh endi Turkiyaga yordam beradimi?

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Donald Tramp i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan
Prezident SShA Donald Tramp i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya elchixonasi Turkiyadagi va AQSh munosabatlariga aniqlik kiritish maqsadida Mayk Pompeoning so‘zlari va AQShning qurdlarga yetkazib bergan harbiy yordami aks etgan infografikani joylashtirdi.

TOShKENT, 13 fev - Sputnik. Rossiyaning Anqaradagi elchixonasi Tvitterda "Qarorni siz qabul qilasiz" degan imzo bilan Turkiya-Amerika munosabatlariga oid ikkita rasmni joylashtirdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Birinchi rasmda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning surati Idlibda turk askarlarining o‘limi munosabati bilan aytgan so‘zlari bilan fotosurati ko‘rsatilgan: "Biz ushbu hujumda o‘z harbiylarini yo‘qotgan NATO ittifoqchimiz yonida turamiz".

Prezident SShA Donald Tramp i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan  - Sputnik O‘zbekiston
Kim birinchi g‘azablanadi. Ekspert AQSh va Turkiya munosabatlarini baholadi

Yonida Turkiyaning Anadolu davlat xabar agentligining, AQShning Turkiyada terroristik tashkilot deb hisoblanadigan Kurdiston Ishchilar partiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan Suriya Kurdlarining o‘zini mudofaa kuchlariga (YPG) bergan harbiy yordami haqida infografika joylashtirilgan.

Avvalroq Anadolu, Pentagon 2021 moliya yili uchun budjet so‘rovini yuborganini, unda YPG tomonidan boshqariladigan Suriyadagi AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kuchlarning ehtiyojlari uchun 200 million dollar olish niyatida ekanligini xabar qilgan edi. Ta’kidlanishicha, Suriyadagi AQSh kontingentining tobora qisqarishi munosabati bilan "Pentagon amerikalik instruktorlar tomonidan o‘qitiladigan 10 ming kishilik jangarilar guruhini tuzishni rejalashtirmoqda".

Turkiya yetakchisi Toyyib Erdo‘g‘on bundan oldin bir necha bor AQShni Suriyaning kurd kuchlariga qurol-aslaha yetkazib berishda ayblagan, bu esa Turkiyada hisoblanishicha, uning milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda.

Turkiyaning ayblovlari

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Moskva va Damashqni Idlibda tinch aholiga zarba berishda ayblagan edi. Davlat rahbari, shuningdek, Suriya hukumat qo‘shinlari deeskalatsiya zonasidan tashqarida ham hujumkor harakatlar qilsa, ularga hujum qilish bilan tahdid qildi.

V provinsii Idlib (Siriya). Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Rossiyani Suriya bo‘yicha kelishuvga rioya qilinmayotganlikda aybladi

Kreml Suriya armiyasining asl maqsadi tinch aholini emas, balki terroristlarni zararsizlantirish ekanligini ta’kidladi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ham Erdo‘g‘onning tinch aholiga qilingan hujumlari haqidagi bayonotini rad etdi. Yangi chaqiriqlar va tahdidlar departamenti direktori Vladimir Tarabrinning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Damashq faqat "qonuniy hokimiyatga qarshi qurol bilan kurashayotgan" terroristik guruhlarga hujum qilmoqda. Vazirlik vaziyat Anqaraning avvalgi kelishuvlarni bajarmaganligi sababli keskinlashayotganini ta’kidladi.

O‘z navbatida Mudofaa vazirligi Turkiya rahbarining so‘zlari haqiqatdan yiroqligini ta’kidladi. Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Idlibdagi deeskalatsiya hududida urushayotgan tomonlarning yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazining faoliyati faqat Sochi kelishuvlari asosida amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0