20:52 22 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Dunyoda
Havola olish
152211

Amerika qoʻshma shtatlari qirgʻoqlari yaqinida odamlarga hujum qilish bilan tanilgan dengiz yirtqichlar guruhi aniqlandi.

TOSHKENT, 13 fev – Sputnik. AQSH Shimoliy va Janubiy Karolina shtatlar sohili yaqinida oq akulalarining toʻlanishi okeanshunoslarni tashvishga soldi. 

Oq akulalar hayotini oʻrganuvchi olimlar, kuzatuv datchiklari yordamida dengiz yirtqichlarining toʻplanishini aniqladi.

Ocearch notijorat tashkilot vakillari ijtimoyi tarmoqda tegishli maʼlumotlarn eʼlon qildi. Suratlarda oq akulalar guruhi qayerda joylashgani aniq koʻringan.

Odamxoʻr-akulalar guruhi yanvar oyi yakunida koʻringandi. Ular orasida uzunligi toʻrt metrga yetadigan akulalar ham bor. Olimlar akulalarniing bunday uyushgan guruh boʻlib suzishga nima undagan boʻlishi mumkin, degan savol qiziqish uygʻotgan.

Ocearch maʼlumotlariga koʻra, kuzatuv suratlarda barcha chiplangan akulalar qayd etilmagan, ularning soni bundan ham koʻp boʻlishi mumkin.

Akula harakatlanish xaritalariga qaraganda, ayni damda eng koʻp akulalar toʻplanishi Florida va Meksika koʻrfazi yaqinida koʻrish mumkin. Newsobserver.com yozishicha, olimlar bu anomaliya haqida tashvishga soldi.

"Sizningcha, bu joylarda oq akulalar toʻplanishiga nima sabab boʻldi?" - tadqiqotchilar akulalar joylashuvi koʻrsatilgan xaritani koʻrsatib savol berishdi. Olimlarning fikriga koʻra, akulalar bu yerga oziq-ovqat izlab kelishgan boʻlishi mumkin, ammo ularni boshqa joyga olib kelishi ham edi.

Katta oq akula - dunyodagi eng katta yirtqich baliqlardan biri boʻlib, oʻrtacha, bu tur akulalar uzunligi 4,7 metrga yetadi. Ular odamlar uchun eng xavfli akulalar turi hisoblanadi.

Asosiy mavzular