Turkiyada noma’lum shaxs kambag‘al vatandoshlarining qarzini to‘ladi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy flag Tursii
Gosudarstvenniy flag Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Diyarbakir tumanida himmatli sirli shaxs tumanning barcha aholisining mahalliy oziq-ovqat do‘konidagi qarzlarini to‘lagan.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Turkiyaning Diyarbakir tumanida himmatli sirli shaxs tumanning barcha aholisining mahalliy oziq-ovqat do‘konidagi qarzlarini to‘ladi. Bu haqda RIA Novosti Turkiyaning NTV telekanali ma’lumotiga asoslangan holda xabar qildi.

Xabar qilinishicha, noma’lum shaxs do‘konga kelib, sotuvchiga barcha mahalliy aholining  qarz daftarchasiga yozilgan  qarzlarini to‘lamoqchi ekanini aytadi.

Xitoylik badavlat tadbirkor hamqishloqlariga millionlar tarqatdi

U 12,5 ming turk lirasini (2 ming dollardan ziyod) to‘lagan. So‘ngra qarzlar yozilgan sahifasi yirtib olib, yoqib yuborgan.

Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik ular endi qarzdor emasliklariga darhol ishonishmagan.

Yangiliklar lentasi
0