21:21 28 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Dunyoda
Havola olish
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (145)
184430

Xubey universiteti talabasi, tojikistonlik Baxtiyor Shukurzoda vatanga qaytishni emas, balki Xitoyda qolishni tanladi.

TOSHKENT, 13 fev – Sputnik. Yaqinda Xitoyda koronavirus tarqalishi tufayli tojikistonlik talabalarni Uxandan evakutsiya qilinishiga qaramasdan, Xitoyda qolishni afzal koʻrganlar ham topildi.

Xubey universiteti moliya fakulteti aspirantura ikkinchi bosqichida tahsil olayotgan 23 yoshli Baxtiyor Shukurzoda Xitoyda qoldi. Bu haqda "Jenmin jibao" nashri xabar qildi.

Talaba pnevmoniya haqida birinchi marta oʻtgan yil dekabrda eshitgan. Uning soʻzlariga koʻra, virus dastlab tarqalmaganligi, va uning hech qanday eʼtiborini jalb qilmaganini qayd etdi.

Biroq, bir oz vaqtdan soʻng vaziyat qizishni boshladi: kasallik holatlalari koʻpaydi va birinchi vafot etganlar paydo boʻldi.

Baxtiyorning soʻzlariga koʻra, Uxan shahrida keskin choralar koʻrilishi boshlanishi bilan u ham oʻz xavfsizligi haqida oʻylashga tushdi. Shaharda jamoat transporti harakati toʻxtadi, koʻchalar boʻshab qoldi, hatto uning oliygohi ham yopiq boshqaruvga oʻtdi.

Universitet talabalar xavfsizligini taʼminlashga harakat qilib, yangi oʻquv semestrining boshlanishini boshqa vaqtga qoldirdi va onlayn darslarini taqdim etdi. Oʻqishni davom ettirishga qaror qilgan talabalarga uchun maxsus supermarket ham ajratildi.

Tojikistonlik talabaning soʻzlariga koʻra, endi u kuni bilan yotoqxonada kitob oʻqimoqda, kamdan-kam hollarda tashqariga chiqmoqda. Koronavirus epidemiyasi tufayli uning bugungi hayoti yotoqxona, oshxona va balkonda oʻtmoqda.

“Ishonchim komilki, Xitoy tez orada virus ustidan gʻalaba qozonadi. Men, birinchi navbatda, epidemiya tugashi bilan shaharni aylanib chiqishni istayman!”, - degan istakni bildirdi talaba.

Talaba ota-onasi bilan telefon orqali tez-tez muloqot qilmoqda, ular uni koʻchaga chiqmaslikni soʻrashmoqda.

“Men ularni hammasini toʻgʻri bajaraman, deb ishontiraman. Xitoydagi Tojikiston elchixonasi xodimlari biz bilan har doim aloqada boʻlib turibdi”, - deydi Baxtiyor.

Umuman olganda, tojikistonlik talaba karantin tadbirlarining muhimligini yaxshi tushunadi va ularga amal qiladi, chunki u epidemiya toʻxtatishini juda xohlaydi.

"Men Xitoyda yuqumli kasallikka qarshi kurashish ishlarining professionalligiga ishonaman, ammo buning uchun vaqt kerak. Bunday virusning oldini olish va nazorat qilish uchun dunyoning har qanday mamlakatiga vaqt va kuch kerak boʻlardi", - dedi u.

Shu bilan birga, yigit bemorlar bilan bevosita ishlayotgan tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

11 fevral kuni Uxandan Tojikistonga maxsus samolyotda talabalarni olib keldi. Vatanga 50 kishi qaytdi, ulardan 46 nafari talabalar. Xitoyda 10 nafar fuqaro qoldi.

Taʼkidlanishicha, 3 nafar talabaning oʻzlari Xitoyni tark etishni rad etishgan, yana yetti nafarida isitma chiqqanligi tufayli davolanishga yuborilgan.

Mavzu:
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (145)

Asosiy mavzular