22:01 22 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Dunyoda
Havola olish
316 0 0

Moskva sudi Twitterni 4 million rublga jarimaga tortdi. Sabab - Rossiya fuqarolari maʼlumotlarini xorijda saqlash.

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Moskva shahar sudi Twitter kompaniyasini oʻz serverlarini Rossiya hududiga koʻchirishdan bosh tortgani uchun jarimaga tortdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Maʼmuriy javobgarlik jarimasi miqdori 4 million rublni tashkil qildi. Sud majlisiga sudlanuvchi (Twitter) va daʼvogar (Roskomnadzor) tomonlar vakillari kelishmadi. Sudya yozma materiallar asosida qaror chiqardi, - deyilgan xabarda. 

Xuddi shunday jarima Facebook kompaniyasini ham kutmoqda. Xorijiy kompaniyalar ushbu jarimani 60 kun ichida toʻlashi kerak. 

Eslatib oʻtamiz, 2015 yilning 1 sentyabrida qabul qilingan qonunga asosan Rossiya fuqarolariga tegishli boʻlgan maʼlumotlar Rossiya hududida saqlanishi kerak. Ushbu qonunni buzgan shaxslar jarima solish bilan jazolanadi. Qoidabuzarlikni ilk bor sodir etgan korxonalar 1-6 million rubl miqdorida, qayta sodir etganda esa 6-18 million rubl miqdorida jarimaga tortiladi. Kompaniya sahifalari blokirovka qilinishi ham mumkin. 

Asosiy mavzular